Peterburgda Özbekistonning 1990 yilda tuğilgan fuqarosi bölgan ayolga nisbatan ayblov tasdiqlandi, u öz farzandini sotib yuborgan. Bu haqda şahar prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanişiça, ayol 7 sentabr kuni farzandini dunyoga keltirgan. Moddiy qiyinçiliklar tufayli u bolani sotişga qaror qiladi. Bu haqda huquqni muhofaza qiliş idoralariga ma'lum bölgan.
Korablestroiteli köçasidagi 12-uyning old tomonida migrant ayol tezkor-qidiruv tadbiri doirasida xaridor sifatida özini körsatgan ayolga çaqaloqni bergan. «Kelişuv» narxi 280 ming rubl (4 ming dollardan ortiq)ni taşkil etdi. Şundan keyin ona qölga olindi.
Jinoiy iş körib çiqilişi uçun sudga yuborildi.













