Turizm sohasiga töğridan-töğri investitsiyalarni jalb qiliş va qulay sarmoyaviy muhitni yaratiş, investorlarning mazkur yönalişda olib borilayotgan davlat siyosatiga bölgan işonçini mustahkamlaş, şuningdek davlat tuzilmalarining investorlar bilan işlaşga doir mas'uliyatini oşiriş maqsadida 15 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining 931-sonli qarori imzolandi.
“2018 yilning 19-21 noyabr kunlari Toşkent şahrida bölib ötadigan turizm sohasiga oid birinçi Xalqaro investitsion forumni samarali ötkaziş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorga köra, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi va Investitsiyalar böyiça davlat qömitasining Forum davrida istisno sifatida investitsion loyihalarni amalga oşiriş uçun yer uçastkalari ajratişga doir alohida tartib örnatilişiga oid taklifi qabul qilindi.
Alohida tartib quyidagilarni közda tutadi:
- Investorga aniq investitsion majburiyatlar asosida, elektron kimoşdi savdosi ötkazilmagan holda turistik infratuzilma obekti qurilişi uçun yer uçastkasini ajratiş;
- Joylardagi davlat boşqaruv organi rahbari va investor örtasida mavjud şart-şaroitlar asosida kelişuvga erişilgan taqdirda, loyihani amalga oşiriş töğrisidagi investitsion bitimni imzolaş;
- Investor tomonidan 15 işçi kuni davomida Özbekiston Respublikasi tijorat banklarida investitsion kelişuv summasining 25 foiz miqdoridagi pul vositasini depozitga qöyiş yoki 5 foizi miqdorida majburiyatlarni bajariş kafolatini (performance bond) taqdim etiş şarti bilan investitsion hujjatni imzolaş.
- Investor tomonidan pul vositalari kiritilgan yoki moliyaviy majburiyatlar ijro etilişiga oid kafolat berilgan kundan e'tiboran beş kun muddat içida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari investitsion loyihani amalga oşiriş uçun yer uçastkasini ajratiş töğrisidagi qarorlarni qabul qilişlari kerak böladi.
Şuningdek, hujjatga muvofiq, joylardagi boşqaruv organlari vakillari Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi va Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi bilan hamkorlikda investitsion bitimlar tuzilganidan keyin uç oy muddat içida sarmoyadorlar bilan hamkorlikda investitsion loyihalarni amalga oşirişga oid tarmoq grafiklarini işlab çiqişlari, tasdiqlaşlari va Vazirlar Mahkamasiga kiritişlari lozim. Bundan taşqari, ularga investitsion loyihalar belgilangan muddatda amalga oşirilişida sarmoyadorlarga amaliy kömak beriş va monitoring bilan ta'minlaş vazifasi topşirildi.
Mazkur qaror ijrosi nazorati Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari – “Özbekiston temir yöllari” AJ boşqaruv raisi A.J.Ramatov, Boş vazir örinbosari – Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisi S.R.Holmurodov hamda Boş vazir örinbosari A.A.Abduhakimov zimmasiga yuklatildi.

















