15 noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligida Hindiston elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi delegatsiyasi bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: mitc.uz

Uçraşuvda Hindiston elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi departamenti direktori Rajiv Kumar, Hindiston dasturiy texnologiyalar parki jamiyati boş direktori Omkar Ray, Ilğor kompyuter texnologiyalarini rivojlantiriş markazi direktori Navin Jayn va boşqalar iştirok etişdi.

Foto: mitc.uz

Suhbat davomida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yönalişlari muhokama qilindi. Jumladan, Özbekistonda IT-parklarni yaratiş va rivojlantiriş, TATU huzuridagi Javoharlal Neru nomidagi Özbek-Hind axborot texnologiyalari markazi bazasida Hindistonning Ilğor kompyuter texnologiyalarini rivojlantiriş markazi (C-DAS) öquv dasturi böyiça ixtisoslaştirilgan malaka oşiriş kurslarini yölga qöyiş va elektron hukumat, axborot texnologiyalari sohasidagi boşqa muhim yönalişlar böyiça fikr almaşildi.