«Çelsi» klubi va Belgiya terma jamoasi yarimhimoyaçisi Eden Azar 2018 yilda «Oltin töp»ni qölga kiritiş imkoniyatlari haqida gapirdi.

«Bu yil men uçun yaxşi keçgan bölsa-da, osmonga çiqib ketmasligim lozim. Men «Oltin töp»ga loyiq emasman. Mendan ham yaxşiroq öynagan futbolçilar bor.

Modriç? Avgust-sentabr oylarida u yaxşi öynamadi. Agar mavsum boşidan hisoblaydigan bölsak, Mbappeni loyiqroq deb hisoblardim», – dedi Azar.

Eslatib ötamiz, Azar, Modriç va Mbappe «Oltin töp» nomzodlari röyxatiga kiritilgan.