AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati kelasi hafta Eronni Kimyoviy qurolni taqiqlaş böyiça konvensiya qoidalarini buzganlikda ayblamoqçi. Bu haqda Associated Press amerikalik ikki mansabdor şaxsga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, Vaşington AQŞ maxsus xizmatlari ma'lumotlariga asoslanib ayblov e'lon qiladi. Unga köra, Eronda taqiqlangan moddalar işlab çiqariş uçun obektlar va asbob-uskunalar mavjud.

Şuningdek, Tehron tomonidan kimyoviy qurolning işlatilişi haqida heç qanday söz yöq.

Manbalar ma'lumotiga köra, Tramp ma'muriyati Eron hukumatiga 19 noyabr, keyingi duşanbada ayblovlar qöyişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot davomida Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey bilan Eron tufayli urişib qolgandi.