Özbekistonda qozoğistonlik sarmoyadorlar iştirokida taşkil etilgan 260ta korxona faoliyat yuritmoqda. Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi hamkorlik munosabatlari esa, mustahkam asosga va uzoq istiqbolga ega. Özbekiston boş vazirining birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov Çimkentda bölib ötgan I Özbekiston-Qozoğiston mintaqalararo forumi doirasida taşkil etilgan plenar majlisda şu haqda ma'lum qildi. 

Forumda iştirok etgan KUN.UZ muxbirining xabariga köra, ikki mamlakat boş vazirlarining birinçi örinbosarlari dastavval Özbekiston-Qozoğiston çegarasida joylaşgan yana bir ötkazuv punkti - «Jіbek joli» va «Yallama» postini borib körişgan. Ular çegara ötkaziş punktlarini raqamli texnologiyalarga ötkazilgan holda modernizatsiya qiliş zarurligi qayd etilgan. Amaldagi ikkita ötkaziş punktini ta'mirlaşni tezlaştiriş, ikkita yangi ötkaziş punktini oçiş masalasini işlab çiqiş hamda avtovokzal qurilişiga doir işlarga e'tibor qaratildi. 

Qozoğiston boş vazirining birinçi örinbosari Asqar Maminning ta'kidlaşiça, çegara ötkaziş punktlarida infratuzilmaviy çeklovlarga barham beriş, fuqarolar, yuklar va transport vositalarining harakatlanişlariga qulay şaroitlar yaratiş strategik jihatdan muhimdir. Quriliş, sanoat, transport, tranzit va turizm ikki qöşni davlat örtasidagi hamkorlikning muhim yönalişlari bölişi kerak. 

Ikki davlat delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi plenar majlisidan söng, iqtisodiyotning muhim sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşirişga doir jami 16ta hujjat imzolandi.

Jumladan, Ipak yöli mamlakatlarining vizalarini özaro tan oliş töğrisida, «KTZ Express» AJ va «Özavtotranstexnika» ilmiy-işlab çiqariş markazi örtasida hamkorlik töğrisida bitimlar imzolandi. 

Bundan taşqari, «Öztransgaz» AJ va «KazTransGaz» AJ örtasida tabiiy gazni Özbekiston orqali taşişga doir kelişuv ham imzolandi. 

Forum doirasida «Korme» körgazmalar majmuasida Özbekiston va Qozoğistonning sanoat, avtosanoat, kimyo, töqimaçilik sanoati va yoğoçni qayta işlaş sohalari, qişloq xöjaligi mahsulotlarining körgazmasi taşkil etildi.