Özbekistonda nikoh yoşi özgarişi mumkin. Bu haqda Xotin-qizlar qömitasi raisi örinbosari Mukarram Nurmatova ma'lum qildi.

ÖzA’ning yozişiça, Xotin-qizlar qömitasi raisi örinbosari Özbekistonda aholining 98% oilalarda istiqomat qilişi va 7 milliondan ortiq oilalar mavjudligini aytgan. Oilalarning buzilişining birlamçi sababi esa moddiy qiyinçiliklar emas. Oiladagi tarbiya, ikki yoşning axloqi nikohning mustahkamligiga köproq ta'sir etadi.
Nikoh yoşini kattalaştiriş böyiça esa xotin-qizlar qömitasi öz tavsiyalarini bergan. Qömita raisi örinbosarining aytişiça, nikoh quriş uçun ruxsat etilgan eng kiçik yoş yigit va qizlar uçun birdek, 18 etib belgilanişi taklif etilgan. Biroq, erta turmuşning salbiy oqibatlari tarğib etilişiga qaramay, ba'zi viloyatlarda qizlar 16 yoşdan turmuşga berilmoqda.
Eslatib ötamiz, hozirda oila qurişning eng kiçik yoşi yigitlar uçun 18, qizlar uçun 17 yoş etib belgilangan.
Oila kodeksida belgilangan nikoh yoşi özgarişi mumkinNikoh yoşini yuqoriroq belgilaş taklif qilindi










