Oliy Majlis Qonunçilik palatasida hukumat a'zolari iştirokida deputatlar tomonidan Özbekistonning boş moliyaviy hujjati loyihasi – soliq va byudjyet siyosatining asosiy yönalişlari körib çiqildi. Yiğilişda Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov iştirok etdi.

Muhokamalar davomida Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev boş vazirga murojaat qilib, Ukrainaning özbek avtomobillariga nisbatan qöymoqçi bölayotgan çeklovlariga qarşi yaqinda deputatlarning munosabati va bildirgan taklifi böyiça hukumat tomonidan qanday çoralar köriş rejalaştirilayotgani haqida söragan. Deputat öz sözida agar zarur bölsa hukumat Ukraina mahsulotlari importining örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqaruvçi boşqa mamlakatlar bilan savdo iqtisodiy munosabatlarni yölga qöyiş maqsadga muvofiq ekanini bildirib ötgan.

Boş vazir deputatning uşbu taklifiga javoban mamlakatimizda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev rahbarligida uzoq va yaqin qöşni mamlakatlar bilan özaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni olib borişga alohida e'tibor qaratilayotgani va şu bois, Ukraina parlamenti tomonidan kötarilib, Ukraina hukumatiga kiritilgan Özbekiston avtomobillariga qarşi çeklov örnatiş böyiça çoralarga qarşi har qanday çora qöllaşda vazminlik va bosiqlik bilan iş tutiş zarurligini ma'lum qilgan.

Hukumat rahbari öz sözida ayni vaqtda Özbekistondagi tegişli vazirlik va idoralar Ukraina tomoni bilan mazkur masalada aniq yeçimga keliş ustida işlayotgani va yaqin vaqt içida tomonlar özaro manfaatli töxtamga kelinişiga işonç bildirgan.

Noyabr oyi boşida Ukraina «UkrAvto» avtomobil işlab çiqaruvçilarining arizasi asosida Özbekiston avtomobillari olib kirilişi böyiça tergov-suriştiruv işlarini boşlagani haqida xabar tarqalgandi.

Özbekistonning Ukrainadagi elçisi Alişer Abdullayev bu xabarlar yuzasidan şunday ma'lumot bergandi: «Bu bizni nimadadir ayblab, ta'sir ötkazib, avtomobillarimizning olib kirilişiga çeklov örnatiş borasidagi birinçi uriniş emas. Bu safar Ukraina tomoni avtomobil sanoatiga davlat tomonidan subsidiya ajratilişi masalalarini örganadi. Bungaça dempingga qarşi suriştiruvlar ötkazilgan edi. Öşanda biz ikki tomonlama işçi tartibda, normal hamkor davlatlar sifatida işladik, bir qarorga keldik va kun tartibidan oğriqli savollarni olib taşlagandik».

Öşanda deputat Rasul Kuşerbayev Ukrainaning çeklovlariga qarşi hukumatimiz ham çora körişga tayyor tyrişi kerakligi haqida aytib çiqqandi