Namangan şahridagi «Yuksaliş» mahallasida 7 qavatli 14ta turar-joy binosi foydalanişga topşirildi.
Uşbu uylardan 21 nafar nogironligi bölgan fuqaro va 6 nafar oğir vaziyatga tuşib qolgan xotin-qizga xonadonlar ajratib berildi.
588 xonadondan iborat mazkur binolar «Ijoz», «Muhammadsaid quriliş», «Sardorbek Arslonbek», «Yangiqörğon quriliş-montaj» kabi 10ga yaqin korxona tomonidan qurib, bitkazilgan.


«Bolalikdan 1-guruh nogironi bölişimga qaramay, tikuvçilik bilan şuğullanaman, oilamizga ozmi-köpmi, nafim tegadi. Singlim Naimaxonda ikkinçi guruh nogironligi bor, – deydi yangi xonadonlardan birining kaliti va sertifikati topşirilgan Feruza Murodillayeva. – Yoşim 34 ga çiqdi, şu paytgaça uyimiz yöq edi».



Bundan taşqari, Yoşlar ittifoqining 32 nafar a'zosiga uy kalitlari, nogironligi bor şaxslarga 30dan ortiq nogironlik aravaçalari topşirilgan.


Viloyat hokimi Xayrulla Bozorov va şahar hokimi Şavkat Abdurazzoqov xonadonlarga kirib, nogironlari bor xonadonlarga Artel televizorlari sovğa qilişgan.
















