Özbekistonning AQŞdagi elçisi Javlon Vahobov (qarorgohi Vaşingtonda) Kanada general-gubernatori Jyuli Payyettga işonç yorliqlarini topşirdi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

General-gubernatorning rasmiy qarorgohidagi marosimdan söng bölgan uçraşuv çoğida Kanada rahbari Özbekiston «özining buyuk tarixi va dunyoning öta muhim qismidagi strategik joylaşuvi bilan» maşhur deb e'tirof etdi.
Bundan taşqari, avval maşhur astronavt bölgan general-gubernator «özbek fani noyob ilmiy işlanmalarni taklif etiş va ularning asosida kosmik apparat qurilmalari va ularning komponentlarini işlab çiqişni taşkillaştiriş orqali kosmosni örganiş dasturlariga salmoqli hissa qöşganini» ta'kidladi.
Jyuli Payyett astronavt bölgan paytlarida Özbekiston haqida köp öqigan va eşitganini qayd etib ötgan. U Samarqandning buyuk hukmdori va taniqli olim, osmon yulduzlarining eng töliq va aniq bölgan kataloglaridan biri – «Ziji jadidi Kuragoniy»ning muallifi, «Galileo Galileyning teleskopni kaşf qilişidan 150 yil oldin butun boşli rasadxona bunyod etib, Borliq eşiklarini oşib bergan» Mirzo Uluğbek faoliyati bilan tanişligini aytib ötgan.
Kanada general-gubernatori ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarning joriy darajasi ham kötarilib borayotganini e'tirof etgan. Özbekistonning yanada rivojlangan dunyo hamjamiyatining asosiy a'zolaridan biri böliş borasidagi intilişlarini Kanada tomoni qöllab-quvvatlaşi ta'kidlangan.
«Men Kanada kompaniyasi «Sky Power»ning qayta tiklanuvçi energetika sohasiga katta miqdordagi investitsiya taklifi bilan Özbekiston bozoriga kirib borganini eşitişdan bağoyat xursand böldim», – degan u. Uning fikriça, mazkur loyiha «özaro manfaatli va ikki tomonga ham foydali» hisoblanadi.
Şu bilan birga, u Özbekiston va Kanada örtasida «hali bajariş kerak bölgan işlar» mavjudligini ta'kidlagan. Jumladan, u davlatlar örtasidagi savdo hajmini köpaytiriş hamda ta'lim sohasidagi hamkorlikni faollaştiriş zarurligiga töxtalib ötgan.
Marosim yakunida yangi tayinlangan elçining Qutboldi mintaqalari, Şarqiy Yevropa va Yevrosiyo masalalari böyiça TIV Byurosi direktori Ellison LeKler bilan uçraşuvi ham bölib ötgan.











