Moskvada qirğizistonlik taksiçi maşinada karmonini unutib qoldirgan qizni topiş uçun sovuqda 8 soat vaqt ötkazişiga töğri keldi. Bu haqda qizning özi Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilgan.   

Varya Bortsova ismli uşbu qiz Moskvaga tonggi soat 5 da uçib kelgan va uyiga yetib oliş uçun taksi yollagan. U keyingi kun peşin vaqtida uyqudan turgaç, taksida pullar, hujjatlari va bank kartalari bölgan karmonini unutib qoldirganini aniqlagan. Qiz qöllab-quvvatlaş xizmati orqali haydovçini topişga uringan, biroq unga yordam bera olişmagan.

“Keyingi yarim soat içida men rus mafiyasi şaxsiy ma'lumotlarimni öğirlab, Soçida mening pullarimga bazm uyuştirganini tasavvur qila boşladim”, deb yozgan qiz. Şunda uning otasi derazadan taşqariga qaraganda, pod'yezd oldida bir erkakka közi tuşgan. Aniqlanişiça, bu erkak öşa taksiçi bölgan.

Öz navbatida, taksiçi maşinasida unutib qoldirilgan karmonni körib, taksopark koll-markazi bilan boğlangan, biroq u yerda yölovçining ma'lumotlari saqlab qolinmagan. Öşanda u qizning uyiga qaytib, uni qidirişga urinib 8 soat köçada ötkazişiga töğri kelgan. Qiz uyidan çiqqanda esa ularning ikkisi ham yiğlab yuborişgan. “Qança uxlaş mumkin? Men sovqotib ketdim!”, deb aytgan taksiçi. 

Ta'kidlanişiça, qiz minnatdorçilik sifatida taksiçiga unga tölagan kira haqidan 5 marta kattaroq pul bergan.