Osiyo va Tinch okean mintaqasi davlatlarining 1993 yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinayotgan va navbatdagisi Papua — Yangi Gvineyada yakunlangan APEC (Asia-Pacific Economic Cooperation — Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi) sammiti yakunlariga ko‘ra ilk marta deklaratsiya qabul qilinmadi, deb yozadi The Straits Times.

Nashrga ko‘ra, Xitoy va Amerika Qo‘shma Shtatlarining jahon savdosi prinsiplari ustida bahslashib qolgani bunga sabab bo‘lgan.

Yakuniy matbuot anjumanida jurnalistlar yakuniy rezolyutsiya qabul qilinmagani sababini bilish uchun Papua — Yangi Gvineya bosh vaziri Piter O’Nilga murojaat qilishgan. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobdan qochgan, biroq «Mana shu zaldagi ikkita gigantni hammalaring yaxshi bilasizlar-ku?» — degan.

«APEC yetakchilari turli tahdidlar mavjudligini tan olishdi. Ular tovarlar hamda xizmatlar savdosi masalasiga doir ziddiyatlar borligini ham e'tirof etishdi… Biroq APEC yetakchilari notenglikni pasaytirish, iqtisodiy diversifikatsiyani ta'minlash borasidagi sa'y-harakatlarga diqqat qaratishmoqda. Shuningdek, savdo hajmi oshishi uchun uning yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish uchun hamkorlik qilishmoqda», — degan Piter O’Nil.

Foto: RIA Novosti / Aleksandr Astafev

«APEC mamlakatlari Bogor maqsadlariga yetishish yo‘lidan og‘ishmay harakat qilishmoqda», deya qo‘shimcha qilgan Papua — Yangi Gvineya bosh vaziri.

Bogor maqsadlari — APEC davlatlari yetakchilari tomonidan 1994 yilda Indoneziyaning Bogor shahrida qabul qilingan dasturiy hujjatdir. Unga ko‘ra, 2020 yilga kelib mintaqada «erkin va ochiq savdo-investitsion faoliyat»ni yo‘lga qo‘yish maqsadi ko‘zda tutilgan.

Foto: RIA Novosti / Aleksandr Astafev

RIA Novostining xabar