Rezolyutsiyaning hammualliflari 80 dan ortiq davlat bölib, ular dunyoning barça mintaqalarini, jumladan Markaziy Osiyo davlatlarini, Ozarbayjon, Rossiya, Braziliya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Portugaliya, Hindiston, Eron, Pokiston, BAA, Qatar, Bahraynni öz içiga oladi.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligiga köra, hujjat Özbekiston prezidentining asosiy taşabbuslari, jumladan “Atrof-muhitni muhofaza qiliş va ’yaşil’ iqtisodiyot yili” dasturi, “Yaşil makon” milliy loyihasi va “Markaziy Osiyo Yaşil kamar” daraxt ekiş aksiyasi asosida yaratilgan.
Rezolyutsiya 2027–2036 yillarni Örmonzorlaştiriş va örmonlarni tiklaş harakatlari dekadasi deb e’lon qiladi, kuç va resurslarni mobilizatsiya qilişga çaqiradi, şuningdek, davlatlar va taşkilotlarga tegişli çora-tadbirlarni kuçaytirişni tavsiya etadi.
Eslatib ötamiz, 2023 yilda Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan işlab çiqilgan «Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarşisida: barqaror rivojlaniş va farovonlik yölida mintaqaviy birdamlikni mustahkamlaş» rezolyutsiyasi bir ovozdan qabul qilingan edi.









