17 noyabr kuni keçqurun Duşanbe şahridagi «Navrözgoh»da Roğun GES birinçi agregati iş boşlagani munosabati bilan tantanali tadbir bölib ötdi. Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon katta öğli, Duşanbe şahar hokimi Rustami Imomali bilan artistlarni olqişladi va biroz raqsga tuşdi. Bu haqda Axbor portali xabar qilmoqda.


«Navoiy Badaxşon» ansambli «Bo nur vuzӯ' karda, guzored namoz» satrlariga kelganida, Imomali Rahmon raqsga tuşdi va bu payt Rustam Imomali hamda boşqa tomoşabinlar unga qarsak çalişdi.
Tojikiston prezidenti agregatni işga tuşirişdan oldin GESni qurganlar bilan suhbat qurgan va ular bilan birga suratga tuşgan.
Stansiya qurilişida 25 mingdan köproq quruvçi, muhandis va boşqa texnik xodimlar iştirok etgan. Roğun GESining barça 6 ta gidroagregati işga tuşirilgaç, u respublikadagi Nurek GESidan 1,5 marta köproq elektr energiya işlab çiqara boşlaydi.












