Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) prezidenti Siril Ramafosa korrupsiya bilan boğliq gumonlar sababli saylovoldi kampaniyasi uçun taqdim etilgan xayriya pullarini qaytarib beradi. Bu haqda BBC News xabar qilmoqda.
Davlat rahbari Bosasa kompaniyasi tomonidan ötkazib berilgan 35 ming dollarni qaytarib berişga qaror qildi. Ma'lum bölişiça, firma alohida şartlar asosida davlat şartnomalarini olgan va hozir tergov qilinmoqda.
Ramafosaning özi dastlab, Bosasa öğli Andilga maslahatlar ötkazgani uçun pul tölaganligini aytdi. Keyinçalik, u pul ötkazmalarini xayriya, dedi.
Şuningdek, yetakçining ta'kidlaşiça, avvaliga olgan pullari haqida bilmagan. Uning aniqlik kiritişiça, birinçi marta Bosasa bilan aloqalarga oid savollarga javob berganida, u kompaniya pullarni xayriya tariqasida ötkazib berganligini bilmagani haqida aytdi. Bunday bayonot prezident va uning poraxörlikka qarşi kampaniyasiga zarar yetkazdi, sababi prezidentlikka nomzodning xususiy firma tomonidan moliyaviy qöllab-quvvatlanişi korrupsiya deb baholanadi.
«Demokratik ittifoq» muxolif partiyasi vakili Mmyuzi Meymanning sözlariga köra, Bosasa’dan taqdim etilgan «xayriya» pullari şubhali körinmoqda va hukmron «Afrika milliy kongressi» partiyasining boşqa korruptsion sxemalariga öxşaş.












