Şimoliy Atlantika alyansi Norvegiyada keng kölamli maşqlarni ötkazdi, ular NATO özining dastlabki raqibiga, şuningdek, sovuq uruş 2.0’ga qaytayotganini körsatadi, deb yozmoqda Bloomberg.

Trident Juncture («Yagona uç ayrili nayza») harbiy maşqlari ğarb alyansining hududni bosib oliş yoki uni qöşib olişga tayyor bölgan duşman tomonidan ehtimoliy hujumga bildiradigan munosabati ssenariysi edi, deb yozadi agentlik.

Materialda ta'kidlanişiça, uşbu maşqlar duşman tomonidan yadro qurolidan foydalaniş ssenariysini öz içiga olmagan. NATO mansabdor şaxslari harbiy maşqlar duşman sifatida ma'lum bir davlatni nazarda tutmagani haqida aytişganiga qaramay, ehtimoliy tajovuzkor mamlakat aniq edi, deb yozmoqda Bloomberg.

Xususan, rossiyalik harbiy tahlilçi Aleksandr Goltsning sözlariga köra, «agar marsliklar hisobga olinmasa», faqat Rossiya Norvegiyaga hujum qilişi mumkin.

«Ham şu, ham şunga öxşaş Rossiya maşqlari ssenariysi va ularda qatnaşuvçi qöşinlar soni şundan dalolat beradiki, biz sovuq uruş vaqtidagi harbiy qarama-qarşilikka qaytdik», - dedi Golts.

Özining aniq maqsadidan taşqari, NATO maşqlari siyosiy maqsadga ham ega - Moskva uçun AQŞ amaldagi ma'muriyatining ikki xil pozitsiyasiga qaramay, Şimoliy Atlantika alyansi a'zosi maqomi katta ahamiyatga ega, deb hisoblaydi hozirda Latviya prezidenti Raymond Veyonisning maslahatçi sifatida işlayotgan, bundan avval köp yillar mobaynida Britaniya armiyasida xizmat qilgan Yanis Kajotsinş.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ va Polşa harbiy sohada Rossiyani bosib turiş maqsadida hamkorlik qilişi xabar berilgandi.