Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari Bryusseldagi yiğilişda umumiy razvedka maktabini (JEIS) taşkil etiş loyihasini ma'qullaşdi.
“JEIS YeI davlatlari, NATOning kontrrazvedka sohasidagi ilğor tajriba markazi, milliy razvedka va xavfsizlik xizmatlari bilan birgalikda YeI davlatlari razvedka personaliga razvedka va boşqa aniq sohalar böyiça bilim beriş va tayyorlaşni amalga oşiradi”, deyilgan xabarda.
Loyihada Buyuk Britaniya, Daniya va Maltadan taşqari, YeIga a'zo 28 ta davlatdan 25 tasi iştirok etadi.
YeIning umumiy razvedka maktabini taşkil etiş hamjamiyat davlatlarining mudofaa va xavfsizlik sohasidagi doimiy hamkorligi doirasidagi loyihalardan biri hisoblanadi.
Noyabr boşida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQŞdan mustaqil bölgan “umumevropa armiyasini” taşkil etiş ğoyasini bildirgandi.
Ötgan hafta esa Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa xavfsizlik kengaşini taşkil etiş taklifini berdi. Merkel ham umumiy armiya taşkil etiş ğoyasini qöllab-quvvatlagan. Uning aytişiça, bunday armiya butun dunyoga Yevropa davlatlari örtasida yangi uruş bölişi mumkinmasligini körsatgan bölardi.












