Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQŞ senatorlarini Interpol rahbari saylovlariga bosim ötkaziş va qöpol aralaşuvda aybladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Amerikalik senatorlar Interpol rahbari lavozimi uçun rossiyalik Aleksandr Prokopçuk nomzodiga qarşi çiqişdi.

«Aftidan, bu saylov jarayoniga, xalqaro taşkilotdagi saylovlarga aralaşuvning öziga xos bir turi. Buni yana qanday baholaş mumkin? Bu aniq körinmoqda», - dedi Peskov.
Şu bilan birga, u saylov natijalarini kutişga çaqirdi, ammo senatorlarning çiqişini bosim deb tan oldi.
Interpol yangi rahbari saylovlari 18-21 noyabr kunlari Birlaşgan Arab Amirliklarida bölib ötayotgan taşkilot boş assambleyasining sessiyasi doirasida ötkaziladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq rossiyalikning yagona raqobatçisi sifatida Janubiy Koreya fuqarosi, hozirda Interpol rahbari vazifasini bajaruvçi bölib işlayotgan Kim Çen Yang körsatilgandi. Şu bilan birga, JAR ham taşkilot rahbari lavozimiga öz nomzodini körsatişi istisno etilmayapti.












