Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov Abu Dabi valiahd şahzodasi şayx Muhammad bin Zaid Al Nahayonni respublikaga taşrif buyurişga taklif qildi. Bu haqda u Telegram’da xabar bergan.

Qodirovning aytişiça, Al Nahayon bilan uçraşgan. Uçraşuvda Birlaşgan Arab Amirliklari tomonidan Çeçenistonda amalga oşirgan loyihalar muhokama qilingan.

«Men Abu Dabi valiahd şahzodasiga samimiy qabul, e'tibor va respublikamizga yordam uçun minnatdorlik izhor etdim. Uni Çeçenistonga taşrif buyurişga taklif qildim. Işonçim komilki, Çeçeniston, umuman, Rossiya va Birlaşgan Arab Amirliklari örtasidagi keyingi hamkorlik sifat jihatidan yangi darajaga kötariladi», - deb yozadi Qodirov.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qodirov çeçenistonlik 5 yoşli bolaga Mercedes sovğa qilgandi.