Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi milliy markazi rahbari «jamoat joyida ibodat libosida yurişni taqiqlaş» masalasida​​ keng jamoatçilikning fikri inobatga olinişi zarur, deb biladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, yuridik fanlar doktori Akmal Saidov Xalqaro-press klubning navbatdagi press-brifingida ma'lum qildi. 

21 noyabr kuni Xalqaro-press klubda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 70 yilligiga bağişlagan Markaziy Osiyo xalqaro forumi oldidan taşkil etilgan press-brifing​ davomida Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi milliy markazi rahbari​ Akmal Saidov Kun.uz muxbirining savoliga javob berib, «​Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»​gi qonun yangi tahrirda işlab çiqilayotganini ma'lum qilgan.

«​Qonun loyihasi yangi tahrirda tayyorlanmoqda. Unda köp arxaik qoidalar çiqarib taşlangan. Masalan, diniy taşkilotlarni röyxatga oliş erkinlaştiriladi, hisobot beriş yengillaştirilgan, davlat boji miqdori ham kamaytirilgan. Eng muhimi, endi diniy taşkilotlar faoliyatini tugatiş yoxud töxtatiş masalasi faqat sud qarori bilan amalga oşirilişi belgilanmoqda»​, - deydi u.

Akmal Saidovning aytişiça, «jamoat joyida ibodat libosida yurişni taqiqlaş» masalasida ham iş olib borilmoqda.

«Aslida, har millatning öz libosi bölgan. Masalan, paranji bizda bölgan, ammo musulmon davlatlarda paranji degan tuşunça yöq. Bu nuqtada milliy va diniy libos tuşunçalari aralaşib ketgan. Mening öylaşimça, şu masala erkin bölişi kerak», - deya fikr bildirgan markaz rahbari. 

Saidov ibodat libosiga oid masalani jamoatçilik örtasida keng muhokama etişni taklif etmoqda. Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi milliy markazi rahbari uşbu masalada faqat mutaxassislarning emas, balki keng jamoatçilikning fikri inobatga olinişi kerak, deb hisoblaydi.