Bebkok-Renç — töliq quyoş energiyasi hisobiga kun köruvçi birinçi şahar. U Floridada joylaşgan.
Şahardagi 20 ming uyning bari quyoş panellaridan energiya oladi. Şahar xizmatlari işçilari köçalarda elektromobillarda harakatlanişadi. Aholi elektron mikroavtobuslardan foydalanadi, bu mikroavtobuslar avtomatik ravişda piyodalarga yöl beradi.
Gorod vo Floride Bebkok-Rench - pervyy, kotoryy jivet polnostyu na solnechnoy energii. No dajye v SShA initsiatory stolknulis s bolshimi trudnostyami - nado bylo ubedit i vlasti, i chastnyx lyudey, chto vse eto vozmojno i pravilno pic.twitter.com/RD6P7HpIJw
— DW na russkom (@dw_russian) 17 noyabrya 2018 g.
2018 yilning yanvaridan şaharga odamlar köçib kela boşlagan.
AQŞda “quyoşli şahar”ni qurişning özi bölmagan. Odamlar energiyaga sarflanadigan xarajatlar haddan taşqari yuqori bölişidan çöçişgan edi, lekin ularning xavotiri asossiz bölib çiqdi.
Şahar asosçilari 20 yilda Bebkok-Renç aholisi 50 ming kişiga yetişiga umid qilişmoqda. Köl böyidagi ikki yotoqxonali va iş kabinetiga ega birinçi uy pensionerlar juftligiga 460 ming dollarga sotilgan. Biroq şahardagi uylarning örtaça narxi pastroq – 180 ming dollardan boşlanadi.
Şaharça qurilişi sobiq futbolçi Sid Kitsonga tegişli Kitson & Partners kompaniyasi tomonidan olib borilgan. Texnologik infratuzilma IBM bilan hamkorlikda işlab çiqilmoqda.











