Prezidentning «Davlat xizmatlari körsatiş milliy tizimini tubdan kompleks rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda, deb yozadi Norma.
Yuridik şaxslar töğrisidagi qanday axborot oşkor etiladi
Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatidan ötkaziş va hisobga qöyiş avtomatlaştirilgan tizimi orqali barça foydalanişi uçun oçiq bölgan quyidagi ma'lumotlarni taqdim etiş rejalaştirilmoqda:
• firma nomi;
• soliq tölovçining identifikatsiya raqami;
• röyxatdan ötkazilgan sanasi;
• taşkiliy-huquqiy şakli;
• manzili (joylaşgan joyi);
• direktori va muassislari (uluşlarini körsatgan holda);
• hisobot davridagi moliyaviy-xöjalik faoliyati natijalari.
Axborotni taqdim etiş tartibini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Ma'lumotlar pullik va bepul asosda taqdim etilişi ma'lum.
Ayni paytda mazkur mexanizm quyidagiça amalga oşiriladi. Davlat xizmatlari markazlari yuqorida körsatilgan tizim orqali Tadbirkorlik sub'yektlarining yagona davlat reyestrini yuritadilar. Yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar töğrisidagi axborotni köçirma körinişida taqdim etadilar. Uning qiymati özi kelib rasmiylaştirganda 1 EKIHni, internet orqali esa 0,5 EKIHni taşkil etadi. Davlat organlari, MB, SSP va tadbirkorlik sub'yektiga uning özi haqidagi köçirma bepul taqdim etiladi.
Çet el fuqarolari masofadan turib hisobvaraq oçişlari mumkin
Bugungi kunda çet el fuqarolari yuridik şaxsni röyxatdan ötkaziş va Özbekiston hududida bank hisobvaraqlarini oçiş çoğida quyidagi hujjatlarga amal qiladilar:
• Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatidan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom;
• Özbekiston Respublikasi banklarida oçiladigan bank hisobvaraqlari töğrisidagi yöriqnoma.
Şuni qayd etiş lozimki, ikkala hujjatda yuridik ahamiyatga ega bölgan harakatlarni (röyxatdan ötkaziş, hisobvaraq oçiş) onlayn rejimda amalga oşiriş imkoniyati nazarda tutilgan. Biroq faqat rezident jismoniy şaxslar masofadan turib bank hisobvaraği oçişlari mumkin. Keyingi yil iyun oyidan boşlab çet el fuqarolariga ham ana şunday imkoniyatni beriş rejalaştirilmoqda. Uşbu funksiyani Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatidan ötkaziş va hisobga qöyiş avtomatlaştirilgan tizimiga kiritmoqçilar.












