UFC jangçisi Konor Makgregorning otasi Toni Makgregor 59 yoşida boksda debyut qilmoqçi. U radioboşlovçi Ion Şien bilan jang ötkazmoqçi. Avvalroq 24 yoşli boşlovçi Toni Makgregor keksa yoşida sport bilan şuğullanişni boşlaganidan xabar topgaç, hazil tariqasida Makgregorni jangga çorlagan. Makgregor çorlovni qabul qilib, jangga tayyorlanişni boşlagan.
“Otam havaskor boksçi bölgan, men esa avval sport bilan şuğullanmaganman. Jangçi geni mening avlodimni ötkazib yuborgan. Men sparring-şeriklar bilan 8 ta maşğulot ötkazdim. Rivojlaniş bor. Menga maşğulot ötkaziş yoqadi. Menga örganiş, zarba beriş texnikasini özlaştiriş yoqadi, çunki bu butun bir fandir. Men Şienning çaqiriğidan xabar topganimda, maşq qilayotgan edim. Rostini aytsam, u biroz özidan ketgan körinadi. U Santa unga yangi yuz sovğa qilişini istamoqda, şekilli? Xöş, unda u Rojdestvo kurkasini somonça orqali yeyişiga töğri keladi! Menda ajoyib tayyorgarlik böladi”, deb aytgan Toni Makgregor.
Toni Makgregor va Ion Şien örtasidagi xayriya jangi 23 noyabrda bölib ötadi.












