Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qaroriga muvofiq, Toşkent viloyatining Çirçiq şahri, Örta Çirçiq va Parkent tumanlarida yettita oilaviy mehmon uyi faoliyati yölga qöyildi. 

“Viloyat Turizmni rivojlantiriş departamenti tomonidan joylarda mazkur hujjatning mazmun-mohiyatini keng tarğib etiş maqsadida tadbirkorlik sub'yektlari va aholi örtasida tizimli ravişda tuşuntiriş işlari olib borilmoqda. Jumladan, Angren şahrida şu mavzuda ötkazilgan muloqotda viloyat va şahar hokimligi mas'ullari, turizmni rivojlantiriş departamenti xodimlari, viloyat markaziy bank, soliq boşqarmalari boşliqlari iştirok etib, aholiga oilaviy mehmon uylari faoliyatining afzalliklari yuzasidan ma'lumot berdi. Hududlarda ötkazilayotgan bunday uçraşuvlarda fuqarolardan ham köplab takliflar tuşmoqda”, - deydi Toşkent viloyati Turizmni rivojlantiriş departamenti bölimi boşliği Ma'ruf Barakayev.

Uning sözlariga köra, aholi xonadonlarida oilaviy mehmon uyini taşkil etiş va qişloqqa kelgan mehmonlarga xizmat körsatişni yölga qöyiş orqali ziyoratgoh, tabiatning sölim göşalariga sayrlar taşkil etiladi.

“Sayyohlarning hududda qoliş muddatini uzaytiriş maqsadida milliy urf-odatlar va turli marosimlar ötkaziş, hunarmandçilik savdosini yölga qöyiş, milliy taomlar tayyorlaş jarayonini namoyiş etiş kabi xizmatlar amalga oşiriladi. Şu bilan birga, turistik obektlarda Wi-Fi zonasini taşkil etiş, mobil aloqa sifatini oşiriş yuzasidan zarur çoralar ham köriladi. Muhimi, mazkur sa'y-harakatlar tufayli mahalliy aholi bandligi ta'minlanib, daromadi oşadi”, - deydi mutaxassis. 

Kelgusida oilaviy mehmon uylarining asosiy qismi Böstonliq tumanida röyxatdan ötkazilişi közda tutilgan. Sababi uşbu tuman öz tabiati bilan nafaqat xorijiy turistlar, balki mahalliy sayyohlarni ham öziga jalb qiladi. Umuman olganda, ekstremal sport turlari, ekologik va ziyorat turizmini rivojlantiriş uçun Toşkent viloyatining tabiiy şaroiti hamda imkoniyatlari mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda. Hududning yuqori ekoturizm salohiyati, ulkan toğ tizmalari, noyob hayvonot va nabotot dunyosi, qulay iqlimi bilan ajralib turişi bunga yorqin misoldir. 

Ma'lumot uçun: Oilaviy mehmon uyini taşkil etiş uçun tegişli turar joyga ega bölgan şaxs oilaviy mehmon uylarini röyxatga oliş va uning yagona reyestriga kiriş uçun ariza berişi kerak. Mazkur reyestr Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan yuritiladi. Oilaviy mehmon uyi – mazkur mehmon uyida uy egasining oila a'zolari bilan birga yaşaş tamoyili böyiça bir vaqtning özida 10 nafargaça taşrif buyuruvçiga yaşaş va ovqatlaniş böyiça xizmatlar körsatuvçi xususiy uy-joydir. Oilaviy mehmon uylari yagona reyestriga kiritilgan tadbirkorlar buyurtmalariga binoan eng kam iş haqining 300 barobarigaça miqdorda, beş yil muddatga, şu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan kreditlar ajratilişi mumkin. Reyestr elektron şaklda yuritilib, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi rasmiy veb-saytiga joylaştiriladi.