Dollarning inqirozi va butkul qulaşiga oid başoratlar vaqti-vaqti bilan yangrab turadi. Qaysidir mutaxassis kelgusi ön yillikda AQŞ dollari gegemon valyuta sifatidagi mavqeini yöqotişini bildirsa, yana biri yaqin kelajakda butunlay yangi va universal valyuta dollarni taxtdan ağdarişi haqida bong uradi. Sir emaski, Özbekistonda ham aksariyat yirik şaxsiy oldi-berdilar AQŞ dollarida amalga oşiriladi. Şunday ekan, dollarning qadrsizlanişi, öz örnini yöqotişiga oid ma'lumotlar barça uçun qiziq.
AQŞ dollarining dunyo valyutasiga aylanişi öziga xos tarixga ega. Ikkinçi Jahon uruşida öşa payt dunyoda mavjud bölgan 73ta davlatdan dunyo aholisining 80 foizi istiqomat qilgan 62tasi u yoki bu tomonni yoqlab iştirok etgandi. Butun jahonni qamrab olgan bu uruş yakuniga köra, iqtisodiy jihatdan deyarli zararsiz va hatto qisman iqtisodini kötargan holda çiqqan eng yirik davlat AQŞ bölgandi. Olti yillik uruş qolgan yirik davlatlarning iqtisodini tang holatga keltirgan, endi hammasi avvalgiday davom etişi mumkin emasdi.
Şu paytga qadar dunyoning asosiy zaxira vositasi sifatida oltindan foydalanilar, har bir davlat imkon tuğilişi bilan şu qimmatbaho metallni köpaytirişga urinardi. Uruş oxirlab, Germaniyaning yengilişi muqarrar bölgan 1944 yilning iyul oyida AQŞning Bretton-Vud kurortida dunyoning yetakçi moliyaçilari va yirik davlatlar vakillari konferensiya ötkazişdi. Anjuman yakuniga köra, «Bretton-Vud» kelişuviga erişildi.
Foto: AP
Unga köra, bir Troya untsiyasi (31,1 gramm oğirlikda) oltinning qat'iy va özgarmas bahosi 35 AQŞ dollari qilib belgilandi. Ayni şu anjumanda AQŞ har doim şu qiymat evaziga bir untsiya oltin sotişni, ya'ni jahon zaxira valyutasiga aylanayotgan AQŞ dollari qiymatini şu usul bilan saqlab turiş kafolatini berdi. AQŞning bu kafolatiga işonmaslikning iloji ham yöq edi, çunki yigirmançi asrning yarmiga kelib dunyo oltin zaxirasining taxminan 70 foizi şu davlat tasarrufida edi.
Dastlab, bir neça yil AQŞ öz mas'uliyatini bajarib yurdi. Ammo har qanday valyuta singari AQŞ dollari ham inflyatsiya, devalvatsiya ta'siridan çetda qola olmasdi, oltin bahosi esa özgaruvçan edi. 1968 yilda oltin bahosi ikki xil kursda, ham oldingi kelişuv böyiça, ham bozor bahosida belgilana boşladi. 1971 yilda prezident Nikson dollarning oltinga konvertatsiyasiga vaqtinça taqiq qöydi. 1971 yilda oltin bahosi 38 dollarga, 1973 yilda 42 dollarga kötarilib ketdi. Oltin şu baholarda sotilsa-da, dollarning oltinga almaştirilişi tiklanmadi.
Mavzuga oid
Bunga qadar dollarning oltinga almaştirilişiga şubha qilgan Şarl de Goll boşliq Fransiya, uning ortidan Germaniya zaxiralaridagi dollarlarni kemalarga ortib AQŞga jönatdilar va oltinga almaştirilişini talab qildilar. Bu ikki davlatning harakati AQŞ uçun oğir zarba böldi va aynan öşa paytda dollarning inqirozi haqida ilk gaplar tarqaldi.
1973 yilga kelib Yamayka kelişuviga asosan dollarning oltinga aniq narx asosida konvertatsiya qilib berilişi böyiça kelişuv bekor qilindi va oltin ham, dollar ham tölaliligiça bozor prinsipilari asosda muomalaga qöyib yuborildi. Bu AQŞning kafolatiga asosan dollarni zaxira qilgan davlatlar uçun göyoki zaxiralaridagi dollar quruq qoğozga aylanişi kabi edi.
Aynan mana şu payt juda köpçilik endi dollarning qulaşi aniqligi haqida bayonotlar berdi. Çunki har qança harakat qilinmasin, foydalaniş noqulay bölsada, oltin kabi öz qadrini yöqotmaydigan vositani muomalaga kiritişning iloji bölmagandi.
Ammo bu paytga kelib butun dunyo moliya tizimi dollarga qaram bölib ulgurgan, har qanday xalqaro (va hatto içki) iqtisodiy munosabatlarda eng qulay muomala vositasi AQŞ dollariga aylanib qolgandi.
Yillar ötdi, dollarning dunyo böylab tarqalişi davom etdi va oxir-oqibat u kirib bormagan biror davlat, biror tizim qolmadi. Har qanday almaşinuv nuqtalarining asosiy operatsiya manbai AQŞ dollarining boşqa valyutalarga almaştirilişi bölib qoldi.
Har qanday qudrat ham susayadi, hamma narsaning davri ötadi. AQŞ hamon dunyoning eng qudratli davlati bölsada, boşqa davlatlar ham rivojlanişda davom etdilar va turli ittifoqlar tuza boşladilar.
1999 yilning 1 yanvarida Yevropaning eng yirik davlatlari iştirokida dastlab bankalararo muomalaga mutlaqo yangi va öziga xos valyuta – yevro kiritildi.
Foto: Finance.UA
2002 yilning 1 yanvaridan boşlab esa bu valyutaning naqd şakli ham odamlar qöliga yetib bordi. 2013 yilga kelib dunyo böylab aylanayotgan naqd yevro maqdori 950 milliard yevrodan ortdi va bu jihatdan mazkur valyuta AQŞ dollarini ortda qoldirdi.
28 davlatda erkin aylaniş bilan birga öşa yirik davlatlarning milliy valyutasi örnini egallaşi yevroga bölgan qiziqişni keskin oşirib yubordi.
Öşa paytlarda dollarning aniq inqirozi haqidagi gaplar yana bolaladi.
Lekin bu safar ham «öxşamadi». Yevro qadrining dastlab dollarga nisbatan oşib borişi Yevropa davlatlari eksportini böğdi va asosiy hamkor bölgan AQŞ oldida kuçsizlantirib qöydi. Keyinçalik iqtisodlar örtasidagi tafovut, turli davlatlarning taşqi qarzlari haddan taşqari ortib ketişi Yevroittifoq iqtisodiga bölgan işonçni susaytirdi. Asta-sekin Yevroittifoq vakillari öz valyutalari qadrini tuşirişga majbur bölişdi va yevro köpçilik davlatlar zaxirasiga yangi vosita sifatida kirgan bölsada, dollarni siqib çiqara olmadi.
AQŞ iqtisoddan taşqari siyosatda ham jilovlarni qölga olişga urinar, bu tabiiyki Xitoy, Rossiya, ba'zan Turkiya kabi yirik davlatlarga yoqmas, Eron esa oçiqdan-oçiq yovlaşişdan çarçamasdi. Mana şu davlatlar öz iqtisodlarini dollardan xalos qiliş uçun heç bölmaganda özaro oldi-berdilarda milliy valyutalardan foydalaniş zarurligini ta'kidlaşardi.
Eron öz hududida dollar konvertatsiyasini qattiq nazorat ostiga olgan bölsa, Rossiya va Xitoy rubl va yuan almaşinuvini kuçaytirişga urina boşladi. Keyinçalik siyosiy ziddiyatlar asosida bu safga Turkiya ham qöşildi.
Rossiya hukumatining bu boradagi harakatlari öz natijalarini bera boşladi. Masalan 2016 yilda aholining xorijiy valyutadagi bank omonatlari umumiy omonatlarning 37 foizini taşkil qilgan bölsa, 2018 yilga kelib bu körsatkiç 26 foizga tuşdi. Rossiyaning AQŞ bilan tovar ayirboşlaş hajmi 2017 yilda 23,6 milliard dollarni taşkil qilgani holda Xitoy bilan bu körsatkiç 85 milliard dollarga yetdi va eng qiziği bu oldi-berdilarda milliy valyutalar örni bir neça karra oşdi.
Turkiyaning dollar qaramligidan qutiliş istagi dastlab teskari samara berdi. Mahalliy valyuta – liraning qadri 1 dollarga 3-3,5 liradan 7-7,5 liragaça tuşib ketdi. Butun Turkiya böylab AQŞ dollarini olovda yoqiş böyiça fleşmoblar ötkazildi.
Xöş, özimizda nima gap?
Özbekistonda jismoniy şaxslar örtasida barça yirik oldi-sotdilar asosan AQŞ dollarida amalga oşiriladi. Mamlakatimizda bankdan taşqari, çöntaklararo aylanayotgan dollar kölamini hisoblaş, taxmin qiliş qiyin. Lekin bu juda katta mablağ ekanligi aniq.
Albatta, xususiy mulk daxlsizligi konstitutsiya bilan himoyalangan va har bir fuqaro öz mulkini istagan tarzda sotişi mumkin. Ammo nima uçun biz ham barça oldi-berdilarda AQŞ dollariga bu qadar boğlanib qolganmiz?
1990-yillarda yurtimizda yaşovçi boşqa millat vakillari, asosan ruslar uylarini va boşqa mulklarini sotib, köçib keta boşladilar. Köçmas mulk bahosi juda arzonligi bilan birga uning sotuvidan tuşgan pulni boşqa davlatda işlatiş muammosi ham bor edi. Avvaliga MDH davlatlari bilan umumiy valyuta – rubl ma'lum muddat işlab turdi. Ammo rublga mulk sotganlar örniga nimadir xarid qilgunlariça pul ança qadrsizlanib ketaverdi. Şunday vaziyatda universal valyuta sifatida şu paytgaça ham dunyoda bu maqomni egallab kelgan AQŞ dollari biz uçun ham «kaşf qilindi».
Biz uçun xususiy mulkning ikkinçi yirik şakli asosan avtomobil bölgan. Dastlab, öz avtosanoatimiz işga tuşmagan paytlarda xorijdan, asosan Rossiyadan yengil maşinalar olib kelib sotilardi. Bu bozorda ham dollar «beminnat» xizmatçi rolini öynab berdi.
Bu jarayonlar izsiz ketmadi albatta. Xalq ongida naqd pul şaklidagi boylikni asraş, jamğarişda AQŞ dollari tobora köproq rol öynay boşladi. Hozirgi davrdan farqli ravişda dollarning qadri u paytlar haqiqatan ham juda baland, şaharlarda 1000-2000 AQŞ dollariga yaxşi kvartira sotib oliş mumkin bölsa, 100 dollarga ega inson ança badavlat hisoblanardi.
Yillar ötaverdi. Özbekiston iqtisodi ham qator omillar tufayli avval iziga tuşdi, keyin tiklana boşladi. Ammo iqtisodning kötarilişi ham «xorijiy valyutaga bölgan muhabbatimiz»ni susaytira olmadi. Endi bunga asosiy sabab sifatida sömning kuçli inflyatsiyasi yuzaga çiqdi.
«Xorijiy valyuta qiymatini belgilaş çoğida markaziy bank...» degan qiziqarli jumlalarni eşita boşlaganimizga ham 20 yildan oşdi. Özbekistonda xorijiy valyutaning – amalda AQŞ dollarining uç xil kursi amal qildi. Jismoniy şaxslar orasida milliardlab dollar qölma-qöl bölib yuraversa-da, deyarli heç kim rasman – bank orqali valyutani naqd şaklda sotmadi va sotib olmadi.
Bu jarayonlar ham oddiy aholining dollarga qaramligiga, barça yirik oldi-berdilar şu valyutada amalga oşirilişiga zamin yaratdi. Bundan taşqari uzluksiz davom etayotgan inflyatsiya tufayli sömimiz orqali naqd şaklda oldi-berdi qilişning iloji ham qolmagan, hali 5000, 10 000, 50 000 sömlik pullar muomalaga kiritilmagan yillarda buning uçun yuk maşinalari kerak bölardi.
Dollarga qaramlikning yana bir muhim omili naqd pul va plastik kartalardagi mablağ örtasidagi tafovut böldi. Naqd söm bölganda ham dollar topiş andak muammo bölgan bir paytda plastik kartadagi mablağ dollarga aylanguniça ança yöqotişlar bölardi. Bu ham jamğarişning yagona varianti sifatida dollarning qadrini oşiraverdi. Lekin şu bilan birga dollar hajmi ham köpaygandan-köpaydi. Avtomobillar ham, köçmas-mulk narxi ham keskin oşdi.
Hozirgi kunda bu muammolar asosan yeçim topdi. Naqd va naqd bölmagan pul örtasidagi tafovut yöqoldi. Ya'ni, plastik kartadan naqd pul yeçiş, naqd pul orqali konversion kartaga AQŞ dollari sotib oliş imkoniyati tuğildi. Bu islohotlarning oxirgi halqasi bölgan naqd şaklda xorijiy valyuta oliş imkoniyati ham yaratildi.
«Demak Özbekistonda ham zaxira valyutasi sifatida sömga ötiş mumkin ekanda, dollarning vaqti ötibdida», – deyişga hali erta. Ança erta.
Özbekiston hali rivojlanayotgan davlatlar qatorida bölsa, hatto rivojlangan davlatlar uçun ham dollarga muqobil valyuta hali mavjud emas.
2015 yilga kelib, dollar gegemonligiga çek qöyiş böyiça şunça urinişlardan keyin ham dunyo yalpi içki mahsulotining 76 foizi jamlangan 120dan ortiq davlatlarning asosiy zaxiralari AQŞ dollarida ekani aniqlangan. Öşa yilda xalqaro ötkazmalarning har 10tasidan 9tasida u yoki bu şaklda dollar iştirok etişi, uning kunlik umumiy aylanmasi 5 trilliondan ortiqligi, markaziy banklar zaxirasidagi qiymati 11,5 trillion dollardan ortişi hisoblab çiqilgan. Hozirgi kunga kelib ham dunyo davlatlari zaxiralarining 60 foizi dollarda bölsa, xalqaro bank operatsiyalarining deyarli yarmi aynan şu valyuta hissasiga töğri keladi.
Buning öziga xos sabablari bor albatta. AQŞ iqtisodi mamlakatning şunça qarzlariga qaramasdan bir asrki barqaror ösişni saqlab turgani holda bu davlat biror marta defolt e'lon qilmagan. Misol tariqasida iqtisodi öta baquvvat va barqaror hisoblangan Germaniya yangi tarix davomida 8 marta defoltni tan olişga majbur bölgan.
Xulosa qiliş mumkinki, dollarning qulaşiga oid har qanday xabarlar asossizligi bilan birga, bunday vaziyat yuzaga kelişidan biror yirik davlat manfaatdor emas.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi