Meksikaning Çyapas ştatida navbatdagi muhojirlar karvoniga kiruvçi kamida 600 kişi hibsga olindi.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, Meksika federal politsiyasi va Migratsiya milliy instituti xodimlari muhojirlar Meksikada qoliş va boşpana oliş uçun hujjatlarni söraşdan voz keçganlaridan keyin ularni uşlay boşlagan.
21 noyabrda Salvadordan yana bir muhojirlar karvoni Meksika hududiga yetib borgani va çegaradagi Suçiate daryosidan ötgani ma'lum qilindi. Biroq undagi muhojirlar soni 250 nafarga baholangan va Meksika mutasaddi idoralari qanday qilib 600 kişini uşlagani tuşunarsiz. Gap avvalroq kelgan karvonlardagi muhojirlar haqida borayotgan bölişi mumkin.
Hozirda AQŞ tomon Markaziy Amerikadan bir neçta muhojirlar karvoni yöl olmoqda.
Meksika içki işlar vazirligining oxirgi ma'lumotlariga köra, AQŞ bilan çegaradagi Tixuana va Mexikali şaharlarida Gonduras, Gvatemala va Salvadordan 5,6 ming muhojir mujassam bölgan. Muhojirlardan bir qismi ortiga qaytib ketdi yoki Meksikada qolişga qaror qildi.
Bu orada 21 noyabrda Tixuanada gonduraslik 17 yoşli muhojir halok bölgani ma'lum böldi. Ta'kidlanişiça, u Tixuana va Mexikali örtasidagi yölda maşina tomonidan urib ketilgan.












