Iqtisodiy taraqqiyot markazi direktori, iqtisodçi Yuliy Yusupov KUN.UZ uçun yozgan maqolasida yangi tahrirdagi Soliq kodeksining ikki loyihasi haqida söz yuritadi.

Yuliy Yusupov

Şu yilning iyun oyida Özbekiston prezidenti «Özbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillaştiriş konsepsiyasi töğrisida»gi farmonni imzoladi. Hujjatda 2019 yil 1 yanvardan Özbekiston soliq tizimini tubdan özgartiriş közda tutilgan.

Soliq islohotini ötkaziş vaqti allaqaçon kelgandi. Qisqa qilib aytadigan bölsak, farmon quyidagi beşta asosiy masalani hal etişga qaratilgan:

1) mehnat uçun soliqni pasaytiriş — soliq juda balandligi xufyona iqtisodiyotning mavjud bölişida asosiy sabablardan biri bölmoqda;

2) soliq solişning soddalaştirilgan va umumbelgilangan tizimida soliqlarni tölaydiganlar örtasidagi soliq yuki darajasidagi sezilarli farqni bartaraf qiliş — bu farq korxonalar kengaymasligining omili bölmoqda, köpinça biznesni noraqobatbardoşlikka röbaro‘ qiliş, «xufyona» tarzda işlaşga majburlaş orqali işlab çiqariş hajmi oşişini qiyinlaştirmoqda;

3) qöşimça qiymat zanjirini şakllantirişga imkon bermayotgan va iqtisodiyotimizni jahon xöjaligida xomaşyo yetkazib beruvçiga aylantirib qöygan davlat maqsadli jamğarmalariga yuridik şaxslarning aylanmasidan (yalpi tuşumidan) undiriladigan majburiy ajratmalarni bekor qiliş;

4) işlab çiqaruvçilarimiz mahsulotini noraqobatbardoş, iqtisodiyotimizni esa investitsiyalar uçun jozibasiz qilayotgan iqtisodiyotga soliq yuki darajasini kamaytiriş;

5) bugungi kunda samarasiz bölib qolgan va biznes yuritiş xarajati sezilarli darajada oşişiga olib kelayotgan