Jurnalistika dunyoning eng xavfli kasblaridan biri bölib qolmoqda. Çorşanba kuni YuNeSKO ştab-kvartirasidagi yiğilişda taqdim etilgan Xalqaro kommunikatsiyalarni rivojlantiriş dasturi (XKRD) hukumatlararo kengaşi hisobotida şu haqida ma'lum qilindi. 

Hujjatga köra, 2016-2017 yillarda jahonda professional vazifasini bajara turib 182 nafar jurnalist halok bölgan. Ötgan ikki yilda eng köp matbuot vakillariga amalga oşirilgan hujumlar Osiyo-Tinç okeani mintaqasida qayd etilgan bölib, u yerda 54 nafar muxbir halok bölgan.  Ikkinçi örinda – Yaqin Şarq (50) va Lotin Amerikasi (50). Afrikada 13 muxbir, Ğarbiy Yevropa va Şimoliy Amerikada – 11, Markaziy va Şarqiy Yevropada – 4 nafar muxbir xizmat vazifasini ötayotganda öldirilgan. 

Halok bölganlar orasida ayollar sonining sezilarli darajada oşib borayotgani xalqaro dastur rahbariyatining xavotiriga sabab bölmoqda. Ötgan yili 11 nafar jurnalist ayol öldirilgan, bu umumiy körsatkiçning 14 foizini taşkil qiladi. Beş yil avval, 2012 yilda esa bu körsatkiç 4 foizni qayd etgan.  

Ötgan yili birinçi marta jurnalistlarning aksariyati (55 foizi) harbiy mojarolardan yiroq mamlakatlar hududlarida öldirilgani jurnalistlar hamjamiyatida taşviş uyğotmoqda. Ilgari bunday jinoyatlarning köpi qurolli mojarolar kuzatilayotgan zonalarda röy berar edi. 

Hisobot mualliflarining ta'kidlaşiça, bu kabi jinoyatlarning jazosiz qolayotgani yana bir muammo. Faqat 11 foiz holatdagina jurnalistlarning öldirilişi bilan boğliq tergov işi oxirigaça olib borilgan.