Yölni zulmat qoplagan, agar sen yonmasang, men yonmasam, kim uni yoritadi?

Biri zimiston, biri çaroğon ikki köça oldingizdan çiqsa, qay biridan yurasiz? Albatta çiroqlari köp, yoruğ köça sizni öziga çorlaydi. Möminlar bamisoli yoritguvçi çiroqlardir. Ular Ollohning köçasini – dinini yoriturlar. Köça qança yoruğ bölsa, manzilga adaşmasdan yetiş imkoni şunça katta böladi. Köçada uzun simyoğoçlar savlat tökib tursa-yu, çiroqlari yonmasa, bundan ne foyda?! 

Youtube'da köriş

Mover'da köriş

Audio versiyasini tinglaş

Şunday ekan, çin inson böliş – haqiqiy mömin bölişdir. Dunyo esa zulmat, uni çin insonlar yoritadilar. U zotlardan nurlar taraladi. Hatto soyalar ular ortidan ergaşadi. U uluğ zotlar şu darajada nurafşonki, eng çekkalarda, köçaning qoronği puçmoqlarida qolganlar ham ulardan taralayotgan nur orqali yöllarini topib oladi. Har qanday yoruğlik masofa uzaygani sayin közdan ğoyib böladi. Ammo u zotlarning nuri Arşi a'lo qadar porlab turadi. Aslida, ulardagi nur Arşdan rang olgan. Olloh taolo barçamizni yölni yoritguvçi bandalaridan qilsin.

Zahiriddin Mansur

Yangi loyiha: Toşni teşgan tomçilar