Suvni poklik ramzi sifatida tuşunamiz. Suv barça kirliklarni tozalaydi. Ammo hajmi juda kiçik, xizmati juda katta bölgan suyaksiz tilga har qanday suv ta'sir ötkaza olmaydi. Şunga köra inson tanasi içida mas'uliyati eng oğir a'zo til ekani aniq böladi. Bir neça yillar içidan suv oqqan quvurlarning içini qalin zanglar qoplaganini körganmiz. Bu zanglarni ularning ustidan oqib ötadigan suvlar ham yuvib keta olmaydi. Inson hayoti davomida tilidan çiqqan yomon sözlar, haqoratlarning zanglari tilga şu qadar singib ketadiki, endi uni har qanday kuçli bosimga ega suv ham tozalay olmaydi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Audio versiyasini tinglaş
Lekin bir suv bor, faqat öşa suv tilga örnaşgan kirlarni tag-tomiri bilan yuvib, poklaydi. Tavba deb nomlangan bu suv yurak ariqlaridan oqib keladi. Yurak ariğiga ezgulik buloğidan, ezgulik buloğiga esa iymon ummonidan toşib keladi bu suv. Zanglar bilan qoplangan bu tilni tavba suvida ivitmoq lozim. Bu suvga istiğfor, takbir, tahlil işqorlarini aralaştiriş ayni muddaodir. Poklikdan söng uni tilovat suvi bilan namlab turiş şubha yöqki, asl holiga qaytaradi.
Zahiriddin Mansur
Yangi loyiha: Toşni teşgan tomçilar















