Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif AQŞning Tehronni kimyoviy qurol işlab çiqarişdagi ayblovlariga izoh berdi.
Zarifning aytişiça, Eron emas, balki AQŞning özi xalqaro kelişuvlarni buzadi. Uning ta'kidlaşiça, bunga Vaşington tomonidan yadroviy kelişuvning bekor qilinişi misol böla oladi.
Eron taşqi işlar vaziri kimyoviy qurol haqidagi ayblovlarni xavfli va beadab deb atagan hamda AQŞning Saddam Husayn nomiga şunday ayblovlaridan keyin Iroqda amalga oşirgan harakatlarini yodga olgan.
“AQŞ Eronni ayblaş uçun xalqaro kelişuvlarga murojaat qilmoqçi, vaholanki uning özi kelişuvlarni buzadi. Dastlab Iroqning Eronga qarşi kimyoviy qurol qöllaşini qöllab-quvvatlagan, söngra bu quroldan qutuliş uçun Iroqqa bostirib kirgan davlatdan ommaviy qirğin quroli böyiça ayblov nafaqat beadab, balki xavflidir”, deb aytgan Zarif.












