O‘zbekiston | 11:06 / 24.11.2018
3301
2 daqiqa o‘qiladi

Innovatsion faoliyatga doir qonunchilik takomillashtiriladi

Foto: parliament.gov.uz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida qonunchilikning takomillashtirilishi masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi, shuningdek, mamlakatda innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishga qaratilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar atroflicha muhokama etildi.

Ta'kidlanishicha, ishlab chiqilayotgan qonun loyihasi “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi”ning asosiy qoidalariga mos bo‘lishi, shuningdek, davlat boshqaruvi tizimini, biznes hamda jamiyatning kuch va salohiyatini “2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari”ni amalga oshirishga yo‘naltirishi lozim.

Davra suhbatida innovatsion faoliyat sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va ushbu sohadagi vakolatli organ faoliyatining huquqiy asoslarini belgilashga qaratilgan tavsiyalar shakllantirildi. 

Bundan tashqari, innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, shuningdek, kadrlar tayyorlash, inson kapitalini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi.

Muhokamalar yakunida innovatsion faoliyat sohasida qonunchilikni yanada takomillashtirish, innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid