Poroshenko Putinning Qrimga tashrifini xalqaro huquqning buzilishi deb atadi

Foto: AFP 2018 / Sergei Supinsky
Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Vladimir Putin Qrimga borgani uchun yarimorol Rossiyaniki bo‘lib qolmasligini aytdi.
"Biz Rossiya prezidentining harakatlarini xalqaro huquqning qo‘pol ravishda buzilishi deb baholaymiz. Rossiyadagilar eshitib qo‘yishsin, bu tashriflardan Qrim Rossiyaniki bo‘lib qolmasligini alohida ta'kidlamoqchiman", dedi Poroshenko Slovakiya prezidenti Andrey Kiska bilan o‘tkazilgan brifingda.
Shuningdek, Ukraina TIV Vladimir Putinning Qrimga tashrifi sababli Rossiya tashqi ishlar vazirligiga norozilik notasi yo‘lladi.
"Ukraina TIV RF prezidenti Vladimir Putinning Rossiya Federatsiyasi tomonidan vaqtincha bosib olingan Ukraina hududi – Qrim Muxtor Respublikasi va Sevastopolga Ukraina bilan kelishmasdan navbatdagi tashrifini amalga oshirgani sababli qat'iy norozilik bildiradi. RF tashqi ishlar vazirligiga tegishli norozilik notasi yo‘llandi", deyiladi Ukraina TIV saytida berilgan bayonotda.
23 noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrimga tashrif buyurdi va Yaltadagi “Mriya” mehmonxona majmuasida "may farmonlari"ning bajarilishi bo‘yicha davlat kengashining yig‘ilishini o‘tkazdi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

08:16 / 17.05.2025
Pistorius: Putin Ukrainadagi urush tugashini xohlamaydi

16:21 / 28.04.2025
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar

19:46 / 25.04.2025
Tramp: Qrim Rossiya bilan qoladi va Zelenskiy buni biladi

22:32 / 23.04.2025