«Real» ötgan yili jamoa sardori Serxio Ramosning YeÇL finali oldidan topşirgan doping testi ijobiy natija körsatganini yaşirişga uringan va buni muvaffaqiyatli uddalagan, deb xabar berdi Football Leaks. Ammo oradan köp ötmay «Real» va UYeFA bayonot bilib çiqib, uşbu ma'lumotni rad etdi.
Xöş, Football Leaks Ramos işi böyiça qaysi ma'lumotlarni oşkor qilgan edi?
Suriştiruv xulosalarini taqdim etib borayotgan Spiegel gazetasining yozişiça, 2017 yil 4 iyun kuni Avstriyaning Seybersdorf şahridagi doping laboratoriyasiga 3324822 raqami ostida tahlil namunasi yetib kelgan. Namuna «Real» himoyaçisi Serxio Ramosga tegişli bölib, YeÇL finalidan bir kun oldin doping nazorati uçun olingan bölgan. (Ma'lumot uçun, final öyini 3 iyunda ötkazilgan, unda «Real» «Yuventus»ni 4:1 hisobida mağlub etgandi).
Oradan bir oy ötib, 5 iyul kuni Seybersdorf laboratoriyasi UYeFAga hisob-ma'lumot yetkazib, uşbu biologik namunada deksametazon moddasi topilganini xabar qilgan. Uşbu modda yalliğlanişga qarşi va oğriq qoldiruvçi ta'sirga ega bölib, ongni tiniqlaştiriş, diqqatni jamlaşni osonlaştirişga yordam beradi, şuningdek, odamni eyforiya holatiga ham tuşirişi mumkin. Deksametazon Jahon Antidoping Agentligi (WADA)ning taqiqlangan moddalar röyxatiga kiritilgan.
Avstriyadan şu haqdagi ma'lumot olinganidan ikki kun ötib, UYeFAning antidoping bölinmasi vakili Ramos bilan boğlanib, bunga izoh söragan. Serxio 10 iyul kuni javob xati yozib, unda UYeFA rasmiysini familiyasi bilan emas, ismi bilan atagan. Maktub bor-yöği tört qator gapdan iborat bölib, asosan «Real» şifokori öyindan bir kun oldin u bilan muolaja ötkazgani, qolgan izohni klub şifokori berişi yozilgan edi.
Gap şundaki, Jahon Antidoping Agentligi deksametazonni sportçilarda qöllaş böyiça aniq qoidalarni belgilagan. Moddani öyinlardan oldin işlatiş mumkin, biroq uning qöllangani haqida jamoa şifokori doping-testi davomida tegişli şaxslarni xabardor qilişi şart. Agar şifokor bunday qilmasa va tahlil jarayonida sportçining qonidan uşbu modda topilsa, bu holat doping tekşiruvini ötkazişga asos böladi.
Ramos bilan boğliq vaziyatda ana şunday holat röy bergan: 3324822 raqami bilan qayd qilingan tahlil namunasiga ilova qilingan ma'lumotnomada himoyaçining sönggi 7 kun davomida qabul qilgan dori vositalari röyxati keltirilgan bölib, ular orasida deksametazon qayd etilmagan. Ammo röyxatda finaldan bir kun oldin boşqa bir dori – betametazon 1,2 ml.dan Serxioning yelka va tizza böğimlariga şprits orqali yuborilgani yozilgan. «Real» şifokori uşbu blankani töldirişda ta'siri va klassifikatsiyasi jihatdan öxşaş ikki dori nomini çalkaştirib yuborgan, ya'ni deksametazon örniga betametazon deb yozgan.












