23 noyabr kuni Respublika Tasviriy san'at galereyasida ilk marotaba Janubiy Koreya davlati rassomlarining «A Beautiful Accompany» körgazmasi taşkil etildi. Özbekiston hukumati taşabbusi bilan taşkil etilgan körgazmada 16 nafar mahoratli koreys rassomining sara ijod namunalari namoyiş etildi. Ular orasida Janubiy Koreyaning közga köringan iste'dodli rassomi Min Kyo Kim xonim ham bor. Kun.uz muxbiri ijodkor bilan qisqaça suhbat uyuştirdi.

— Ijod namunalaringiz namoyişi uçun nega aynan Özbekistonni tanladingiz?
— Uşbu körgazma Özbekiston Madaniyat vazirligi taşabbusi bilan maxsus taşkil etildi. Menga ham unda öz ijod namunalarim bilan qatnaşiş taklifi bildirildi. Buni mamnuniyat bilan qabul qildim.
— Koreys va özbek madaniyati örtasida qanday öxşaş hamda farqli jihatlar mavjud, deb öylaysiz?
— Bu yerga kelişdan oldin yurtingiz madaniyati haqida menda deyarli heç qanday ma'lumot yöq edi. Körgazmaga tayyorlaniş çoğida internet tarmoği orqali özbek madaniyati töğrisida ma'lumot qidirib, örganib çiqdim. Haqiqatan ham koreys va özbek odamlarining fe'l-atvorida öxşaşliklar borligini payqadim. Ikki mamlakatning boy tarixga egaligi ham yana bir muhim jihat. Fikrimça, mamlakatingiz Osiyoning biroz ğarblaşgan varianti hisoblanadi. Koreyada esa Şarq ildizi juda mustahkam. Bu farqli tomoni, deb öylayman.

— Özbekistonda sizga nima köproq yoqdi?
— Milliy taomlaringiz, özbek ayollarining nafosati va şaharlar infratuzilmasi menda katta taassurot qoldirdi.
— Suratlaringizda asosan koreys tabiatini ifoda etgansiz. Demak, gözal manzara sizni maftun qila oladi. Özbekiston tabiati ham sizda qiziqiş uyğotdimi? Navbatdagi ijod namunalaringizni şu yerda yaratiş ğoyasi paydo böldimi?
— Yurtingiz gözal manzaralari haqida eşitganman, ammo hali şaxsan taşrif buyurişga muyassar bölmadim. Agar imkoniyat yaratilsa, albatta, buni amalga oşirişdan mamnun bölardim.
Ma'lumot örnida aytib lozimki, Özbekiston va Koreya diplomatik aloqalari 27 yilligi munosabatining yorqin namunasi bölgan san'at keçasida jami 75ta asar namoyiş etildi. Ularda, asosan, abstrakt syujyetlar, koreys tabiati, qadim xalqning ham zamonaviy, ham köhna nafasi ufurib turibdi.











