Bugun poytaxt köçalarini obodlaştirişda benzin sarfi bilan işlaydigan öt öruvçi uskunalar katta miqdorni taşkil etadi. Bu esa köçalarda şovqinlarning sezilarli darajada ortişiga olib kelmoqda. Şuningdek, bu jarayon atrof-muhit, xususan ekologiyaga ham özining salbiy ta'sirini körsatadi.

Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati xabariga köra, ana şu muammolarni bartaraf etiş yuzasidan Toşkent şahar hokimligida “Greenworks” kompaniyasi vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi. 

Mehmonlar muzokaralar davomida şaharni obodonlaştirişga xizmat qiluvçi uskunalar modelini taqdim etişdi. Ular orasida trimmerlar, çötkali asboblar, quvvatlanuvçi uskunalar bor.

Muzokaralarda poytaxt hokimligi rahbariyati namoyiş etilgan modellardan kelgusida obodonlaştiriş işlarida foydalanişni ta'kidlaşdi. Bu öz navbatida hududlarni tozalaş jarayonida şovqin darajasini kamaytiriş orqali şahar aholisi va mehmonlarga qulaylik yaratişni ta'minlaydi.