Şveytsariyaning Jyeneva şahrida 27-28 noyabrda Afğoniston böyiça anjuman bölib ötadi. Bu haqda BMTda ma'lum qilindi.
Afğoniston hukumati anjuman davomida özining rivojlaniş va islohotlarga sodiqligini yana bir bor ta'kidlab ötişi kutilmoqda.
Anjumandan maqsad jahon hamjamiyatining afğon xalqi va hukumati bilan Afğonistonda tinçlik va barqarorlikni ta'minlaş böyiça sa'y-harakatlar doirasida birdamligini namoyiş qilişdan iborat.
Anjumanning ilk kuni iştirokçilarning çiqişlariga bağişlanadi, şuningdek, ayollarni kasbiy öqitişga va xususiy sektorni rivojlantirişga bağişlangan forumlar taşkillaştiriladi.
Anjuman iştirokçilari oziq-ovqat xavfsizligi va qurğoqçilik vaqtida yaşaş uçun vositalarni ta'minlaşga taalluqli masalalarni muhokama qilişadi.
Anjumanning 2-kunida 70 dan köproq davlat vakillari iştirokida “vazirlar uçraşuvi” bölib ötadi.












