Hammamiz maktabda öqiganmiz, köpçiligimiz uni a'lo baholar bilan tamomlaganmiz. Biroq hatto sobiq a'loçilar ham ayrim sodda savollarga javob berişolmaydi. Masalan, quyoş nurida nima uçun aksiramiz, nima uçun odam qörqqanida titraydi yoki payvandlaş vaqtida nurga qaraş nima uçun zarar kabi.
Biz kattalarning hammasi ham javob topa olmaydigan 10 ta bolalarga xos oddiy va qiziqarli savollarni jamladik.

Yoruğlik nuriga qaraganda nima uçun aksiramiz?
Bilasizmi, yorqin quyoşli kunda köçaga çiqilganida odamlarning 18-35 foizi albatta aksiradi. Bunga birgina yaxşi örganilmagan irsiy jihat sababçi. Kutilmaganda aksa uriş fenomeni (yoruğlik sabab aksa uriş refleksi) yoruğlik nuri közning nervini qözğatib, aksiriş uçun javob beradigan retseptorlarga ta'sir qilişidan yuzaga keladi. Gap şundaki, köriş retseptorlari hid biliş retseptori bilan yonma-yon joylaşgan. Ularning bari miyaga deyarli bir nuqtadan kiradi. Şu yöl bilan miya köriş reaksiyasiga xuddi hid bilişdagidek munosabatda böladi. Ya'ni u organizmga begona modda tuşdi deb hisoblaydi. Miya bu moddadan xalos böliş uçun buyruq beradi va aksiriş jarayonini yuzaga keltiradi.

Nima uçun payvandlaş nuriga qaraş zararli?
Hamma bolaligidan payvandlaş vaqtida paydo böladigan nurga qaraş közlar uçun zarar ekanini yaxşi biladi. Nima uçun bunday ekanidan esa köpçilikning xabari yöq. Gap şundaki, elektr payvandlaş işlari vaqtida paydo bölgan yoruğlikda ultrabinafşa nurlarining miqdori katta bölib, u şilliq qavat, köz qoraçiği va törpardasiga salbiy ta'sir qiladi. Boşqaça qilib aytganda, ultrabinafşa nurlari köz qoraçiğining kuyişiga olib keladi. Bu holatni kesilişlar körinişidagi payvandlaş nuriga qaragandan bir neça soat ötgaç kuzatiş mumkin. Közlar içiga qum tuşgandek bölişi, qizariş, közlarning yoşlanişi kabi belgilar paydo böladi. Töliq tuzaliş uçun bir neça hafta talab etiladi. Şuning uçun maxsus niqobingiz bölmasa, payvandlaş nuriga qaramaslikni ötinib söraymiz.























