Italiyalik rejissyor Bernardo Bertoluççi 77 yoşida vafot etdi. Bu haqda Rai News 24 yangiliklar kanali duşanba kuni xabar berdi.
Bernardo Bertoluççi 1940 yilning 16 mart kuni Italiyaning Parma şahrida tuğilgan. Kinorejissyorlikdan taşqari dramaturg va şoir sifatida tanilgan.
1960-yillarda Godar va Pazolinining izdoşi bölgan, kommunizm hamda freydizm bilan qiziqqan. Italiyalik maşhur tasvirçi Vittorio Storaro bilan doimiy hamkorlik qilgan.
«Konformçi» (1970) va «Parijdagi sönggi tango» filmlarining muvaffaqiyatidan söng, Italiyadan taşqarida işlagan.
«Sönggi imperator» (1987) epik bayopikini sahnalaştirgani va ssenariy muallifi bölgani uçun «Oskar» mukofoti bilan taqdirlangan.












