Xitoyda fuqarolarning ijtimoiy axloqini baholaş tizimi kiritilişi rejalaştirilmoqda. Loyiha Pekin ma'muriyati tomonidan taqdim qilingan. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. 

Mutasaddi şaxslar 22 mln fuqaro haqida ma'lumotlar töplab, ular asosida reyting tuzişadi. 2020 yil oxirida yuqori “ijtimoiy kreditga” ega fuqarolar ustunlikka ega böladilar. Past reytingga ega fuqarolar esa turli “muammolar” bilan jazolanadilar. 

Söngra Pekin rahbariyati reyting tizimini moslaştirib, u hamma yerda joriy qilinadi. Bu çora ijtimoiy axloq qoidalarini buzuvçi “işonçsiz fuqarolarni” kuzatib borişga qaratilgan.

Ma'lum qilinişiça, Xitoy ançadan beri yaxşi axloq uçun rağbatlantiruvçi va yomon axloq uçun jarima va turli çeklovlar bilan jazolovçi bunday tizimlar bilan tajriba ötkazib keladi.

Joriy yil iyulida Xitoyning Tszyansi viloyatida marhumlarni kömiş taqiqlangani ma'lum qilingandi. Bu taqiqlov mahalliy aholining noroziligiga sabab bölgan. Bundan maqsad esa hukumatning yer zaxiralarini saqlab qoliş istagi bölgan. Xitoy hukumatida ta'kidlanişiça, 10 yildan keyin köplab hududlarda qabristondagi böş yerlar tugaydi.