Ukraina harbiy-dengiz kuçlarining 3ta kemasi Rossiya dengiz hududiga kirişi bilan boğliq hodisada voqealar rivojlanmoqda.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma'lumotiga köra, Ukraina Kerç böğozi hududiga qöşimça kemalar yöllagan. 

«Interfaks» agentligi xabariga köra, Ukrainaning Berdyansk portidan yana ikkita kema böğoz tomon yöl olgan.

«Kiyev rasmiylari bunday xavfli va mas'uliyatsiz qaror qabul qilişdan avval öz harakatlarining oqibatlarini öylab körişlari kerak. Rossiya tomoni barça zarur çoralarni köradi», deyilgan xabarda.

«Interfaks» agentligi Qrimdagi manbalarga asoslangan holda xabar qilişiça, Rossiya Kerç böğozi hududiga bir neça samolyot jönatgan.

«Yarimorolda patrullik uçun bir neça harbiy samolyot havoga kötarildi», deyilgan xabarda.

NTV telekanali reportajida «Qrim ustida ikkita Su-25 rusumli harbiy samolyotlar parvoz qilgani» aytilgan.

Bundan taşqari, Rossiya harbiy-kosmik kuçlarining Ka-52 rusumli ikkita hujumkor vertolyoti jangovar holatga keltirilib, Ukraina katerlari joylaşgan hudud tomon uçgan.

Ayni vaqtda Rossiya havo kuçlari hududni örab olib, Ukraina kemalari harakatini kuzatib bormoqda.

«Rossiya 24» telekanalida aytilişiça, ayni vaqtda Qrim köprigi ostidan ötiş butunlay yopilgan.

Bundan oldinroq, 24 noyabr kunining birinçi qismida Ukraina kemalari - artilleriya bilan qurollangan «Berdyansk» va «Nikopol» katerlari hamda «Yani Kapu» nomli şatakçi kema Odessadan çiqib, Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimning janubiy sohillari yaqinida paydo bölgani xabar qilingandi. 

Rossiya tomoni bu kemalar öz hududiga noqonuniy kirganini iddao etdi, ukrainaliklar bu oldindan ogohlantirilgan holda yuriş ekani, kemalar reja böyiça Azov dengizidagi Mariupol portiga yöl olganini bildirdi.