Tesla kompaniyasi asosçisi Ilon Maskning HBO kanalidagi Axios dasturi efirida ma'lum qilişiça, öz mahsuloti tez orada «ölişi» ehtimoli juda yaqin.
Uning sözlariga köra, kompaniya juda katta miqdordagi pullarni yöqotmoqda. «Biz yaqin kelajakda muammolarni hal qilmasak, unda ölamiz. Bu muammolarni hal qiliş esa juda qiyin», - deya qöşimça qilib ötdi Mask. Tadbirkorning qayd etişiça, kompaniyada bir neça hafta vaqt qoldi.
Bu Maskning öz kompaniyasi bankrot bölişi haqidagi birinçi bayonoti emas. 2 aprel kuni u kompaniyani qutqarişning imkoni yöq ekani haqida xabar bergandi.
7 avgustda Mask tvit e'lon qildi, unda kompaniya aksiyalarini har biri uçun 420 dollardan sotib olişga va uni oçiq maqomdan çiqarib taşlaşga va'da qildi. Va'da bajarilmagani sababli, bayonot AQŞ Qimmatli qoğozlar komissiyasi bilan mojaroga olib keldi.
Natijada, Mask kompaniya direktorlar kengaşidagi lavozimini tark etdi. Bundan taşqari, u 20 million dollar jarima tölab berişi kerak. Tesla esa Maskning barça bayonotlarini, jumladan, ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarini nazorat qiliş uçun maxsus şaxsni yollaşga majbur böldi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ilon Mask Marsga yöl olişga tayyorligini ma'lum qilgandi.












