Peterburgda Özbekistondan kelgan aka-uka migrantlar noma'lum şaxslar tomonidan piçoqlab ketildi.
Rossiya IIVning Sankt-Peterburg böyiça boşqarmasi matbuot xizmati ma'lumotiga köra, 23 noyabrdan 24 noyabrga ötar tunda Peterburgda migrantlarga hujum qilingan.
Özbekiston fuqarolari bölgan aka-uka migrantlar Aleksandrovskiy şifoxonasiga tibbiy yordam sörab murojaat qilişga majbur bölişdi. Aka piçoq bilan yetkazilgan köplab jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizildi. Oyoğidan jarohat olgan ukasi uyga qöyib yuborilgan. Aka-ukaga hujum qilganlar hozirda qidirilmoqda. Jinoiy iş oçildi.
Jabrlanuvçilarga nisbatan Rossiya hududiga kiriş qoidalari buzilgani uçun ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirildi. Hujum holati böyiça jinoyat işi qözğatilgan, jinoyatçilar huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari tomonidan qidirilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Peterburgda özbekistonlik ayol sud qilinişi, u öz farzandini sotib yuborgani xabar berilgandi.












