David De Xea mavsum yakunida «Mançester Yunayted»ni tark etişi mumkin.

28 yoşli futbolçiga «PSJ» da'vogarlik qilmoqda. Ispaniyalik darvozabon «MYu» bilan amaldagi şartnomasi muddati yakunlanib, parijliklar klubi safiga yöl olişi kutilmoqda.

Daily Maily ma'lumotiga köra, «PSJ» De Xeaga 4 yillik şartnoma taklif qiladi. Bu şartnoma böyiça u 60 million funt işlab olişi mumkin, uning haftalik maoşi 300 ming funtga yetadi va u dunyodagi eng köp maoş oluvçi darvozabonga aylanadi.

Darvozabonning «MYu» bilan amaldagi şartnomasi muddati 2019 yilning yozigaça tuzilgan.

Bundan avvalroq De Xea «Mançester Yunayted» bilan yangi şartnoma tuzişdan boş tortayotgani, bunga jamoaning qoniqarsiz natijalari sabab ekani haqida xabar tarqalgandi.