Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko mamlakat hududida harbiy holat joriy etiş töğrisidagi farmonini imzoladi. Uşbu hujjat davlat rahbari saytida e'lon qilingan.

Farmon bugundan kuçga kiradi. Harbiy holat 2 oy muddatga - 2019 yilning 25 yanvarigaça kiritilmoqda

Bugun uşbu hujjatga Oliy Rada deputatlari tomonidan ovoz beriladi.

Ukraina konstitutsiyasiga köra, Milliy xavfsizlik va Mudofaa kengaşi (SNBO) harbiy holat kiritiş böyiça taklif beradi. Keyin uni prezident qöllab-quvvatlab, maxsus farmon çiqarişi kerak böladi. Şundan söng Ukraina parlamenti uni qabul qilişi mumkin.

Bundan avvalroq Poroşenko mamlakatda harbiy holat joriy etilişi zudlik bilan safarbarlik amalga oşirilişini ham anglatmasligi haqida aytgandi.

Ukraina prezidentining bu farmoni Kerç böğozida sodir bölgan voqea bilan boğliq. 25 noyabr kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Ukraina Harbiy-dengiz kuçlarining 3ta kemasini Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim suvlari hududiga kirgani uçun qölga olgandi.

Ayni vaqtda Ukraina armiyasi töliq jangovar şay holatga keltirilgan.