Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyatini tekşiriş işlarini tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyatini tekşiriş tartibi töğrisidagi nizomga köra, uning talablari:

a) Quyidagi davlat organlari va taşkilotlari:

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, Qonunçilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat, tuman (şahar) Kengaşlari deputatlari;
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi;
Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari;
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bölinmalari;
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati boş boşqarmasi va uning hududiy boşqarmalari;
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi va uning hududiy bölinmalari;
ommaviy axborot vositalari (jurnalistik tekşiruv böyiça);
tasarrufida umumta'lim muassasalari bölgan vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bölinmalari (öz böysunuvidagi umumta'lim muassasalarini tekşirişlari böyiça) faoliyati doirasida;

b) Özbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida”gi Qonuni doirasida;

v) qözğatilgan jinoyat işlari va ma'muriy huquqbuzarliklarga oid işlar doirasida;

g) maktabgaça ta'lim sohasida nodavlat ta'lim xizmatlarini körsatiş faoliyati bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslarning faoliyatini tekşiriş doirasida;

d) favqulodda vaziyatlar, turli hodisalar yuzasidan va tergovga qadar tekşiruvlar doirasida ötkaziladigan tekşirişlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qayd etilişiça, maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyatini tekşirişdan közlangan asosiy maqsad maktabgaça ta'lim böyiça yagona davlat siyosatini amalga oşirişda maktabgaça ta'lim muassasalarining roli va mas'uliyatini kuçaytiriş, tarbiyalanuvçilarga Özbekiston Respublikasining ilk va maktabgaça yoşdagi bolalar rivojlanişiga qöyiladigan Davlat talablariga muvofiq sifatli ta'lim berilişini ta'minlaş uçun şart-şaroit yaratiş, maktabgaça ta'lim muassasalaridagi ijro intizomini mustahkamlaş, maktabgaça ta'lim muassasalarini tekşirişlarning samaradorligini oşiriş orqali pedagoglar va boşqa xodimlarning kasbiy faoliyatiga asossiz ravişda aralaşuvga çek qöyiş, nazorat qiluvçi va boşqa davlat organlari tomonidan ta'lim sifatiga ta'sir körsatuvçi omillarni aniqlaş va bartaraf etişdan iborat.