Rossiya poytaxtida birinçi osma arqon yöli oçildi. U Vorobyovi gori tepaligi va "Lujniki" olimpiya majmuasini bir-biri bilan boğlaydi. 

Uning oçiliş marosimida sözga çiqqan Moskva meri Sergey Sobyaninning aytişiça, "Lujniki" tomoşa maydonçasiga yetib keliş uçun 20 daqiqa kerak böladi. Arqon yöli orqali esa bunga atigi beş daqiqa ketadi.

Foto: Moskva merining rasmiy sayti

Osma arqon yöli orqali bir tomonga ötiş 400 rubl bölib, dam oliş kunlari 100 rublga qimmatroq böladi. Birdaniga har ikki tomonga çipta oliş arzonroqqa tuşadi: iş kunlari— 700 rubl, dam oliş kunlari — 800 rubl. Bundan taşqari, qator toifalardagi fuqarolar uçun imtiyozli tariflar joriy etilgan.

Foto: Moskva merining rasmiy sayti