Dasturiy ta'minot işlab çiqaruvçi Microsoft Corp. kompaniyasining kapitallaşuvi 26 noyabrdagi savdolar vaqtida AQŞ va dunyoning eng qimmatbaho kompaniyasi Apple’ning bozor qiymatidan oşib ketdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Savdolarga köra, Microsoft aksiyalari 2,04 foizga qimmatlaşgan, bu orada Apple’niki 0,5 foizga arzonlaşgan. 23 noyabr, juma kuni savdolar yopilişi vaqtida Microsoft kapitallaşuvi 791,19 mlrd dollarni, Apple’niki 817,58 mlrd dollarni taşkil qilgandi.
Bozor qiymati 1 trln dollardan köproqqa yetgan Apple oktabr oxiridan smartfonlar savdosi ösişi sekinlaşişi xavotiri ostida 20 foizga arzonlaşib ketdi.












