Aksariyat yetuk insonlarning hayoti va karerasi şuni körsatmoqdaki, muvaffaqiyatning asosiy kaliti — bu vaqtni töğri taqsimlaş.
Nima uçun ba’zi odamlar jahonga maşhur işbilarmon va dunyoni özgartirişga qodir yetakçiga aylanadi-yu, boşqalar esa şunça mehnat qilişiga qaramay, bir nuqtadan siljiy olmaydi? Buning sababi köpinça e’tibordan çetda qoladi, deyiladi World Economic Forum'da.
Muvaffaqiyatga erişgan işbilarmonlar öz vaqtlarini kelgusida ularni yangi bilimlar, ijodiy qarorlar va kuç-quvvat bilan ta’minlaydigan narsalarga sarmoya qilişadi. Dastlab ularning muvaffaqiyati sezilmasligi mumkin, biroq oxir-oqibat, uzoq muddatli sarmoyalar samarasi ölaroq, ular misli körilmagan çöqqilarni zabt etişadi.
Natijada töğri taqsimlangan vaqt ajoyib daromad keltiradi, şuning uçun uni serdaromad deb ataş mumkin. Grafikda vaqtimizni qanday sarflaşimizga qarab işda qanday natijalarga erişişimiz yaqqol körsatib berilgan.
Foto: Layfxaker
Masalan, Uorren Baffet yuz minglab xodimga ega kompaniyalarga egalik qilsa-da, öz vaqtini töliq işga bağişlamagan. Milliarderning sözlariga köra, u iş vaqtining 80 foizini kitob mutolaasi va fikr yuritişga sarflaydi. Bunga sarflangan vaqt töğri qarorlar va biznesni muvaffaqiyatli yuritiş uçun zarur bölgan bilimlar bilan ta’minlaydi.
"Eng yaxşi daromad bilimga kiritilgan sarmoyadir".
Benjamin Franklin, siyosiy arbob, ixtiroçi, yozuvçi
Muvaffaqiyatli kişilarning örnak olsa arzigulik foydali odatlari böladi. Quyida uzoq muddatli istiqbolda foyda keltirişda yordam beruvçi bir neça samarali maslahat bilan bölişamiz.
1. Kundalik tuting
Köp muvaffaqiyatli kişilar odatda şaxsiy kundaliklarini yuritişadi.
Masalan, Benjamin Franklin har tongda öziga özi savol bergan: "Bugun qanday yaxşi iş qilişim kerak?" Har kuni keçqurun esa öz kunini "Bugun qanday yaxşi iş qildim?" degan savol bilan tugallagan.
Mavzuga oid
Stiv Jobs
közgu oldida turib, "Agar bugungi kun hayotimdagi oxirgi kunim bölganida bajarişni rejalaştirgan işlarimni qilarmidim?" deya qiziqqan.
Menejment masalalari böyiça iqtisodçi va maslahatçi Piter Druker qaror qabul qilayotib, bundan nimalar kutayotganini yozib borgan, bir neça oydan keyin esa ularni amaldagi natijalar bilan taqqoslagan. Opra Uinfri esa özining har kunini minnatdorçilik kundaligini yuritiş bilan boşlaydi - bunda u nima uçun hayotdan minnatdor ekaniga doir beş sababni qoğozga tuşiradi.
Albert Eynşteyn özidan keyin 80 mingdan ortiq sahifali turli qölyozmalarni qoldirgan. AQŞning ikkinçi prezidenti Jon Adams butun hayoti davomida kundalik tutgan, umri oxiriga borib ularning soni 50 taga yetgan.
Öz fikrlaringiz, rejalaringiz va hayotingizdagi voqealarni yozib borib, siz yanada e’tiborli va ziyrak bölib borasiz, fikrlaş xususiyatingizni rivojlantirasiz va töğri qarorlar qabul qilişni örganasiz.
2. Tanaffus qiling
"Mizğib oliş uçun bir yoki bir yarim soatlik uyqu ma’lumotni özlaştiriş xususiyatiga xuddi sakkiz soatlik uyqu kabi ta’sir körsatadi", - deya ta’kidlaydi uyquni örganiş bilan şuğullanuvçi mutaxassis Sara Mednik. Olimlarning sözlariga köra, ertalab öquvçi odamlar kun davomida bir soatlik tanaffus qilib, uxlab olsa, keçki payt nazorat testlarini 30 foizga yaxşi bajarişadi.
Bu odat Albert Eynşteyn, Tomas Edison, Uinston Çerçill, Jon Kennedi, Ronald Reygan, Jon Rokfeller va boşqa köplab yetuk şaxslarga xos bölgan. Masalan, Leonardo da Vinçi uyquni köplab 10 daqiqalarga "maydalab", yarim fazali uyqu rejimini tajriba qilgan. Napoleon har bir jang oldidan uxlab olişni ma’qul körgan. Maşhur aktyor Arnold Şvarsenegger har kuni tuşlikdan keyin uxlab oladi.
Foto: Layfxaker
Zamonaviy ilm-fan bu odatning foydasini tasdiqlaydi. Kun davomidagi tanaffuslar nafaqat samaradorlikni oşiradi, balki ijodiy fikrlaş salohiyatini ham rivojlantiradi.
Ehtimol, şuning uçun ham Salvador Dali va Edgar Allan Po bu usuldan foydalangandir.
3. Kuniga kamida 15 daqiqa piyoda yuring
Muvaffaqiyatli odamlar öz kun tartibida albatta sport bilan şuğullanişga vaqt ajratişadi. Piyoda sayr ham ajoyib maşq bölişi mumkin.
Çarlz Darvin kuniga ikki mahal sayr qilgan: peşinga yaqin va soat 16:00da. Betxoven tuşlikdan söng uzoq sayrga çiqqan va ilhom kelib qolsa, qoğozga muhrlaş maqsadida özi bilan birga qalam hamda qoğoz olib yurgan. Çarlz Dikkens kuniga 10 kilometrdan ortiq piyoda yurgan, bu unga işga kömilib, toliqib qolmaslikka yordam bergan. Stiv Jobs muhim uçraşuvga tayyorgarlik köriş jarayonida piyoda sayr qilişni odat qilgan.
"Faqat sayr vaqtida kelgan ğoyalargina qadrli böladi".
Fridrix Nitsşe, maşhur faylasuf.
Uzoq sayrlarning foydasini yaxşi bilgan şaxslar orasida Aristotel, Maxatma Gandi, Jyek Dorsi, Tori Byorç, Hovard Şuls, Oliver Saks va Uinston Çerçill nomlarini keltiriş mumkin.
Bu odatni özlaştiriş kerak. Olimlar sayrning tetiklaştirişi, miyani tozalaşi, ijodiy salohiyatni oşirişi va hatto umrni uzaytirişini tasdiqlaşdi. 12 yil davom etgan tadqiqotga köra, kuniga 15 daqiqadan piyoda yurgan 65 yoşdan katta kişilarda ölim körsatkiçi 22 foizdan past bölgan.
4. Köproq kitob öqing
Hayotiy şart-şaroitlarga qaramay, har birimiz dunyoning eng badavlat kişilaridan biri bölgan Bill Geytsning sevimli resursi bölgan kitoblarni öqiş imkoniga egamiz. Bu öz bilim darajamizni oşirişning tejamkor va juda samarali usulidir.
Uinston Çerçill kuniga bir neça soat biografik, tarixiy, iqtisodiy va falasafaga oid kitoblarni mutolaa qilgan. Teodor Ruzvelt band kunlari 1tadan va işdan böş kunlari 2-3 tadan kitob öqigan.
Mark Kyuban kuniga 3 soatdan ortiq kitob öqiydi. Milliarder Devid Rubenşteyn haftasiga 6tadan kitob öqiydi. Ilon Mask yoşligida haftasiga 2tadan kitob öqigan. Disney boş direktori Bob Ayger esa har kuni tonggi 4:30da kitob öqiş uçun uyğonadi. Bu röyxatni çeksiz davom ettiriş mumkin.
Foto: Layfxaker
Öqiş xotirani yaxşilaydi, empatiya darajasini oşiradi va stress darajasini kamaytiradi, şu tariqa oldimizga qöyilgan maqsadlarimizga erişişga yordam beradi.
5. Qiziqişlaringiz böyiça suhbatdoş toping
Yozuvçi Joşua Şenkaning fikriça, ijodiy salohiyat boşqa odamlar bilan muloqot qiliş natijasida rivojlanadi. U özining Powers Of Two kitobida birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida katta çöqqilarni zabt etgan duetlar haqida sözlab bergan. Masalan, Jon Lennon va Pol Makkartni, Mariya va Per Kyuri, Stiv Jobs va Stiv Voznyak.
Psixologlar Daniel Kaneman va Amos Tverski birgalikdagi uzoq sayrlaridan birida axloqiy iqtisodiyotning yangi nazariyasini işlab çiqişgan va bu Kanemanga Nobel mukofotini olib kelgan.
Tolkin va Lyuis özlarining yozgan qoralamalarini bir-birlariga öqişga berişgan, har duşanba keçqurun pabda körişişgan. Olimlar Frensis Krik va Jyeyms Uotson köp muloqot qilişgan va birga tuşlik qilişgan, keyin esa Moris Uilkinson bilan birga DNK tuzilmasini aniqlaşgan.
Teodor Ruzveltning esa tennis xonasi bölgan, uning a’zolari birga tennis öynaşgan va siyosiy masalalarni muhokama qilişgan.
Qator yetuk şaxslarning tajribasi şuni körsatmoqdaki, boşqalar bilan muloqot vaziyatga boşqa tomondan qaraş va hatto mutlaqo yangi narsa yaratişda yordam beradi.
6. Tajriba qilişdan qörqmang
Qanday muhim fazilatlar egasi bölişimizga qaramay, har birimiz xatoga yöl qöyamiz. Ularni kelgusida sizga foydasi tegişi mumkin bölgan tajriba deb hisoblang.
Muvaffaqiyat töğridan-töğri siz tomoningizdan ötkazilgan tajribalar soniga boğliq. Bir yutuq barça muvaffaqiyatsiz urinişlaringizni "yuvib ketadi".
Tomas Edison gidroksidli akkumulyatorni ixtiro qilgunga qadar uning 50 mingdan ortiq tajribasi muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Mukammal lampani yaratiş uçun esa 9 ming muvaffaqiyatsiz uriniş ortda qolgan. Şunday bölsa-da, umrining oxiriga borib Edison 1100 patentga egalik qilgan.
Foto: Layfxaker
Tajribalarni faqat amalda ötkaziş şart emas. Masalan, Eynşteyn ularni aqlida ötkazgan va bu unga özining bebaho ilmiy nazariyalarini rivojlantirişda yordam bergan. Tomas Edison va Leonardo da Vinçilarning kundaligida yozişmalardan taşqari, mental kartalar va turli çizmalar ham bor.
Tajribalar foydali könikmalarni işlab çiqişda yordam beradi. Prodyuser va ssenariynavis Şonda Rayms haddan ziyod mehnatkaşligi va yaqqol namoyon böluvçi introvertligidan xalos bölişga qaror qildi va avval qörqqan narsalariga rozilik bera boşlagan. Bu tajriba "Hammasiga "ha" deydigan yil" nomini olgan.
Faylasuf va şoir Ralf Uoldo Emerson uşbu ajoyib iboraning muallifi hisoblanadi: "Hayot - boşidan oxirigaça tajriba. Tajriba qança köp bölsa, şunça yaxşi".
Közlangan maqsadlarga erişiş uçun vaqtni töğri taqsimlaş kerak. Agar uni kelgusida özingizga foyda keltirişi mumkin bölgan işlarga sarflasangiz, muvaffaqiyatga erişiş ehtimoli yuqori böladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi