«Real» himoyaçisi Serxio Ramos La Liganing ötgan mavsumida «Malaga»ga qarşi öyindan keyin aksildoping qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Football Leaks tadqiqotlarida yozilgan.

Germaniyaning Der Spiegel naşri «Malaga» – «Real» öyini böyiça doping-nazoratçilari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning bir qismini taqdim etdi.

«Sportçi Serxio Ramos mendan siydik namunalari topşirişdan avval çömilib olişga ruxsat söradi. Men AEPSAD (Ispaniya antidoping agentligi) qoidalari bunga ruxsat bermasligini aytdim.

Sportçi va «Real» şifokori norozilik bildirişdi. Ular menga «Real» futbolçilariga nafaqat UYeFA homiyligi ostidagi turnirlarda, balki La Liga öyinlaridan keyin ham futbolçi yolğiz yuvinişi mumkinligini aytib ötişdi.

Men bundan bexabarligim, unga duş qabul qilişga ruxsat bera olmasligimni aytdim. 

U mening ogohlantirişimni inkor etdi va mening guvohligimda, «Malaga» stadionidagi doping-nazorat xonasida yuvindi.

Men unga bu holatni hisobotga kiritişmni bildirdim, u bunga ahamiyat qaratmadi», – deyilgan hisobotda.

Bunday qoidabuzarlikka nisbatan qattiq jazo belgilangan: «Real» 300 ming yevro miqdorida jarimaga tortilişi, oçkolardan mahrum etilişi va hatto quyi ligaga tuşirib yuborilişi, Ramosning özi esa – 4 yillik diskvalifikatsiyaga duçor bölişi mumkin.

Ramos antidoping qoidalarini buzgani böyiça ayblovga munosabat bildirdi: «Malaga, 2018 yilning apreli. Öyin tugagaç, mendan doping-test topşirişni söraşdi.

Madridga qaytişimiz kerak edi, vaqt tiğizligi tufayli, rasmiy şaxs menga yuvinib olişga ruxsat berdi. U bu vaqt davomida meni közdan qoçirmadi. Şundan keyin men doping-testdan ötdim».